Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh bosh prokurori Pem Bondi iste’foga chiqadi
Prezident Tramp so‘zlariga ko‘ra, Bondi lavozimini tark etib, xususiy sektorga ishga o‘tadi.
Donald Tramp AQSh bosh prokurori Pem Bondi iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
Tramp so‘zlariga ko‘ra, Bondi lavozimini tark etib, xususiy sektorga ishga o‘tadi. Bu aynan qachon sodir bo‘ladi va u qaysi lavozimni egallaydi, bunga aniqlik kiritmadi.
- Biz Pemni yaxshi ko‘ramiz va u xususiy sektorda yangi, juda zarur va muhim lavozimga o‘tadi, bu haqda yaqin kelajakda e’lon qilinadi, dedi Tramp.
Bosh prokuror vazifasini vazir o‘rinbosari Todd Blansh bajaradi, deyiladi xabarda. Bondining iste’fosi sabablarini Tramp aytmadi.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, iste’foga chiqishdan oldin Tramp Bondining ishidan norozi bo‘lgan. Agentlikning yozishicha, buning sabablaridan biri jinsiy ekspluatatsiya maqsadida odam savdosida ayblangan moliyachi Jyeffri Epshteyn ishi bo‘yicha materiallar e’lon etilishi munosabati bilan qilingan tanqid bo‘lishi mumkin.
Avvalroq, Adliya vazirligi Epshteyn ishi bo‘yicha yangi hujjatlarni e’lon qilgan va unda bir ayolning Trampga nisbatan ayblov bayonotlari mavjud edi. Oq uy bu da’volarni asossiz deb atadi, Adliya vazirligi esa materiallarning bir qismi noto‘g‘ri ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Hujjatlarning e’lon qilinishi Kongress tomonidan bosim uyg‘otdi: Bondini 14 aprel kuni Vakillar palatasida so‘roq qilish rejalashtirilgan edi.
Bondi 2025 yil fevralida AQSh bosh prokurori lavozimini egalladi. Bungacha u Florida shtati prokurori, keyin esa bosh prokurori bo‘lib ishlagan va bu lavozimdagi birinchi ayol bo‘lgan.