Jahon | 10:56 / 27.12.2023
10634
2 daqiqa o‘qiladi

«Gazprom» O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini maksimal darajada oshirdi

Kompaniya respublikaga gaz yetkazib berish bo‘yicha so‘rovlarni to‘liq bajarmoqda, deya ma’lum qildi «Gazprom» rahbari Aleksey Miller.

Foto: TASS/Kirill Kuxmar

«Gazprom» hozirda O‘zbekistonga «Markaziy Osiyo – Markaz» gaz quvuri orqali texnik jihatdan mumkin bo‘lgan maksimal hajmda gaz yetkazib bermoqda, deya ma’lum qildi «Gazprom» rahbari Aleksey Miller Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda.

«Dekabr oyida O‘zbekistonga sovuq havo kirib keldi, o‘zbekistonlik do‘stlarimiz va hamkasblarimiz O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni imzolangan shartnoma bo‘yicha kunlik majburiyatlarimizdan ikki baravar ko‘proq hajmda oshirishni so‘radi. Hozirda dekabr oyida O‘zbekistonga «Markaziy Osiyo – Markaz» quvuri orqali berilishi mumkin bo‘lgan maksimal texnik hajmdagi gazni yetkazib beryapmiz», — dedi u.

«Gazprom» O‘zbekistonga gaz yetkazib berish bo‘yicha so‘rovlarni to‘liq qondiryapti, dedi Miller.

2023 yil iyun oyida O‘zbekiston «Gazprom» bilan ikki yillik gaz sotib olish to‘g‘risida shartnoma tuzdi, kunlik yetkazib berish hajmi 9 million kub metrni, yillik hajm - deyarli 2,8 milliard kub metrni tashkil etadi. Shartnoma bo‘yicha yetkazib berish 2023 yil 7 oktyabrda boshlangan. 

Shu bilan birga, Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi gaz sohasidagi hamkorlik muddati 15 yilni tashkil etadi, uzoq muddatli hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma 2024 yil o‘rtalarida tuzilishi mumkin, dedi Miller. 

«Markaziy Osiyo – Markaz» gaz quvuri orqali Rossiya gazini revers yo‘nalishda yetkazib berish 2025 yilning noyabridan kechiktirmay yanada oshishi kerak.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid