Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriyaning MOL kompaniyasi Serbiyadagi NIS’da “Gazprom” ulushini sotib oladi
Serbiyaning AQSh sanksiyalari ostiga tushgan neft kompaniyasida “Gazprom neft” ulushini MOL venger kompaniyasi sotib oladi. Bitimda Abu-Dabi neft kompaniyasi ham ishtirok etishi mumkin.
Vengriyaning MOL Nyrt. kompaniyasi va “Gazprom neft” Serbiyaning neftni qayta ishlash kompaniyasi — Naftna Industrija Srbije (NIS)dagi Rossiyaga tegishli ulushni sotib olish–sotish bo‘yicha bo‘lajak shartnomaning asosiy qoidalarini kelishib oldi. Bu haqda dushanba, 19 yanvar kuni Belgradda jurnalistlarga Serbiya tog‘-kon sanoati va energetika vaziri Dubravka Djyedovich-Xandanovich ma’lum qildi.
Davlat telekompaniyasi Rs keltirgan vazir so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar davomida Serbiya o‘z pozitsiyalarini yaxshilashga erishgan va kelgusida NIS’dagi ulushini 5 foizga oshira oladi. Bundan tashqari, bitimga Abu Dhabi National Oil Co. (ADNOC) ham qo‘shilishi mumkin.
Xandanovichning bildirishicha, kelishuv yakuniy qaror qabul qilinishi uchun AQSh Moliya vazirligining Chet el aktivlarini nazorat qilish boshqarmasi (OFAC)ga yuboriladi. Ilgariroq OFAC NIS aksiyadorlariga Rossiya ulushini sotish bo‘yicha muzokaralar olib borishga ruxsat beruvchi litsenziya muddatini 24 martgacha uzaytirgan edi.
Xandanovich xarid qiymati va ulushlar taqsimotini oshkor qilmadi. MOL matbuot relizida aytilishicha, kompaniya “Gazprom neft” bilan NIS’ning 56,15 foiz aksiyalarini sotib olish bo‘yicha majburiyat yuklaydigan dastlabki kelishuvni imzolagan. “Gazprom neft” matbuot xizmati ham MOL bilan Serbiya kompaniyasidagi nazorat paketini sotishga doir kelishuv imzolanganini tasdiqladi.
2025 yil yanvar oyida NIS kompaniyasi “Gazprom”ning ustav kapitalidagi ulushi sabab AQShning sanksiya ro‘yxatiga kiritilgan. Cheklovlar oktyabrda kuchga kirgan. Ushbu sanksiyalar Xorvatiya orqali Adriatika quvur tarmog‘i (JANAF) bo‘yicha neft yetkazib berishning to‘xtashiga va Panchevo shahridagi neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarishning to‘xtab qolishiga olib kelgan.
Xandanovichning aytishicha, MOL Panchevodagi NQZ (neftni qayta ishlash zavodi)ni yopmaslik, aksincha, ishlab chiqarishning avvalgi darajasini saqlash va ehtiyojga qarab uni oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan.
Hozir NIS aksiyalarining 44,9 foizi “Gazprom neft”ga tegishli. Yana 11,3 foiz aksiya “Gazprom”ning investitsiya bo‘linmasi mulkida. Serbiya hukumati 29,9 foiz aksiyaga ega. Qolgan ulushlar xususiy investorlar va kompaniya xodimlariga tegishli.
Mavzuga oid
09:00 / 16.06.2026
Vengriya parlamenti bosh vazir lavozimida bo‘lish muddatini chekladi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
18:06 / 27.05.2026