Özbekistonda islom moliyasini taşkil etiş böyiça aholi fikrini biliş maqsadida 2 ming 235 nafar biznes vakillari hamda 5 ming nafar jismoniy şaxslar orasida sörov ötkazildi. Bu haqda Oliy Majlis qonunçilik palatasida ötkazilgan davra suhbatida ma'lum qilingan.

Qayd etilişiça, töğridan töğri va onlayn şaklda ötkazilgan sörovda biznes sub'yektlarining 38 foizi, jismoniy şaxslarning 56 foizi diniy qaraşlari sabab an'anaviy bank kredit xizmatidan foydalanmasligini bildirgan.

Iştirokçilarning 61 va 75 foizi Özbekistonda islom moliya muassasalari iş boşlasa yoki islom moliya xizmatlari taklif etilsa, uni tanlaşga tayyor ekanligini aytgan.

Şuningdek, sörovda banklar ham iştirok etgan va ulardan Özbekistonda islom moliya tizimini joriy etişdagi eng katta tösiqlar va muammolar haqida söralgan.

Ma'lum bölişiça:

  • islom moliya mahsulotlari va xizmatlarini, jumladan, islom suğurtasi bölgan «takoful»ni tartibga soluvçi qonunlar yöq;
  • amaldagi bank faoliyati va soliq böyiça qonunçilik islom huquqi tamoyillari asosida işlaydigan banklar uçun moslaştirilmagan;
  • banklardagi mavjud dasturiy ta'minot tizimlari islom moliya bitimlari böyiça amaliyot ötkazişga mos emas;
  • islom moliyasi va banki böyiça mutaxassislar oliy ta'lim tizimida tayyorlanmaydi. Şu bois, mutaxassislar kam, amaliy tajriba esa yöq. Şuningdek, aholining islom moliyasi haqida bilim va tuşunçalari ham yetarli emas.

«Özbekiston aholisining 90 foizidan yuqori qismi Islom diniga e'tiqod qiladi va e'tiqodi tufayli 15-20 foizga yaqin aholi an'anaviy kreditlaş tizimidan foydalanmayapti.

Muqobil kreditlaş tizimi orqali esa mazkur qatlam ham töliq qamrab olinişi mumkin. Bu ana şu qatlam omonatlarini iqtisodiyotga jalb etiş, ulardan esa oqilona foydalaniş uçun katta imkoniyat yaratadi. Ya'ni bu orqali «zaxiradagi» içki investitsiyalarni iqtisodiyotimizning ösişiga jalb qiliş, xufiyona iqtisodiyot salmoğini kamaytiriş, eng muhimi, tadbirkorlikni rivojlantirişimiz mumkin böladi», deyiladi xabarda.

Hozirda Özbekistondagi biznes sub'yektlarining 80 foizi içki manbalar hisobidan moliyalaştiriladi va ularning çorak qismigina kredit xizmatidan foydalanadi. Bank aktivlarining 85 foizi esa davlat banklariga tegişli va ularda kiçik va örta biznesni moliyalaştiriş uçun sanoqli mahsulotlar mavjud.