Islomiy moliyada nazorat: “ötlab ketmaslik” uçun qanday vositalar bor?
|13:30 / 26.10.20258 15610 min
Jahon böyiça islomiy moliya aktivlari hajmi taxminan 5 trln dollar. Özbekistonda bu instrumentlarni joriy etiş böyiça izçil qadamlar qöyilmoqda. Biroq soha töğri yölga qöyilişi uçun uni kim nazorat qiladi, degan savol örtaga çiqadi. Kun.uz kolumnisti Iskandar Tursunov mazkur institutning muhim asoslaridan biri – Şariat kengaşi nima ekanini tuşuntiradi.
Nega bu haqda gapiryapmiz?
Islomiy moliya – öziga xos moliya. U faqatgina qat’iy mezon, qoida va talablarga rioya qilinganda haqiqiy islomiy moliya böladi.
“Islomiy moliya” deb e’lon qilib, uning qat’iy tamoyillarga xilof iş tutilsa, maqsad buziladi, samarasi havoga uçadi.
Şu bois islomiy banklar va darçalar faoliyati kim tomonidan va qanday nazorat qilinişi mavzusini bilişimiz – dolzarb.
Islomiy moliya instrumentlari iste’molçisi – qadriyatlari bilan farqlanib turadigan iste’molçi. Uning uçun iqtisodiy faoliyatdan “qança” daromad topişdan köra, “qanday” daromad topiş masalasi ustunroq. Şu sabab Islom moliyasi doirasida olib boriladigan faoliyat ustidan kim va qanday nazorat qilişi masalasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Şariat kengaşi
Islom moliyasi institutining asosiy ustunlaridan biri – “Şariat kengaşi” va “Markaziy Şariat kengaşi” degan instrumentlar. Bu kengaşlar nima va ularning vazifasi nimadan iborat? Bu masalada qisqa va lönda tasavvurga ega böliş moliyaviy qarorlarni ongli qabul qilişga yordam beradi.
Islomiy moliyada işonç – hal qiluvçi omil. Işonçga putur yetmasligi uçun bank yoki moliyaviy taşkilot mahsulotlari va xizmatlari, şuningdek, şartnomalarining Şariat qoidalariga mosligi Şariat kengaşi tomonidan baholanadi, fatvo/qaror bilan tasdiqlanadi va muntazam nazorat qilinadi. Şu tariqa, halollikka doir savollarga tizimli javob beriladi.
Şariat kengaşining mohiyati va asosiy maqsadi
Şariat kengaşi – Islom tijorat huquqi, ya’ni Fiqh al-Muomalot böyiça yetuk ulamolardan, zaruratga qarab esa huquq, moliya, buxgalteriya va iqtisod sohalaridagi mutaxassislardan tuzilgan mustaqil hay’atdir.
Bu hay’atdan asosiy maqsad – bank yoki moliyaviy taşkilot mahsulotlari, şartnomalari va içki boşqaruv tartibini Şariat qoidalariga töliq mos holda yölga qöyiş, ularni muntazam tekşiriş hamda doimiy nazorat qiliş. Amalda bu şundan dalolat beradiki, har qanday yangi mahsulotni işga tuşirişdan oldin u ilmiy-amaliy baholanadi, amaliyot davomida esa uning Şariatga muvofiqligi uzluksiz kuzatib boriladi.
Kengaş şu yölda fatvo va qarorlar çiqaradi, yil yakunida esa Şariatga muvofiqlikni körib çiqadi: audit xulosasini beradi. Bunday qaror va fatvolar mazkur bank yoki moliyaviy taşkilot uçun, institutning içki hujjatlari va amaldagi mahalliy me’yorlarga muvofiq majburiy kuçga ega bölib, u yoki bu masaladagi noaniqliklarning oldini oladi.
Mavzuga oid
Şariatga muvofiq boşqaruv tizimi tört xalqadan iborat:
1. Fatvo va qaror qabul qiliş
Mahsulot va şartnomalar böyiça şariat qarorlari (fatvo/qaror xati) çiqariladi.
2. Yetkaziş va amaliyotga joriy etiş
Qaror va talablar barça bank yoki moliyaviy taşkilot xodimlariga yozma tarzda yetkaziladi, tegişli tartiblar va öquv-treninglar orqali amaliyotga joriy etiladi.
3. Yil davomidagi içki şariatga muvofiqlikni körib çiqiş
Içki şariatga muvofiqlik bölimi (yoki şariat kotibiyati) yil davomida mahsulotlar va şartnomalarni tekşiradi, namunaviy hujjatlarni qayta körib çiqadi, kamçiliklar böyiça tuzatiş rejasini tayyorlaydi va ijrosini nazorat qiladi.
4. Yil yakunidagi mustaqil şariatga muvofiqlikni körib çiqiş (audit)
Mustaqil (içki yoki taşqi) şariat auditi şariat kengaşidan alohida tartibda ötkaziladi; u yillik natijalarni tekşirib, yillik şariatga muvofiqlik hisobotini tasdiqlaydi va keyingi yil uçun aniq tavsiyalar beradi.
Mazkur tizim tölaqonli işlasa, mahsulot va şartnomalarda xatolarga yöl qöyilmaydi, mavjud xatarlar esa öz vaqtida bartaraf etiladi.
Ikki poğonali yondaşuv va markazlaşuvning ahamiyati
Islomiy moliya rivojlangan mamlakatlarda ikki poğonali yondaşuv keng qöllanadi: bank yoki moliyaviy taşkilotning özi huzuridagi Şariat kengaşi kundalik amaliyotni nazorat qiladi, markaziy darajadagi Şariat kengaşi esa butun tarmoq uçun yagona qoidalar va umumiy fatvolarni belgilab boradi.
Qisqaça farq: Markaziy Şariat kengaşi — qoidalar va umumiy fatvolarni belgilaydi, idora içidagi Şariat kengaşi esa har bir mahsulot va jarayonni qöllaşdagi amaliy nazoratni ta’minlaydi. Markazlaşgan yondaşuvning ahamiyati şundaki, u bozordagi turli sub’yektlar faoliyatini uyğunlaştiradi, fatvolar örtasidagi ehtimoliy tafovutlarni qisqartiradi va mijozlar hamda investorlar işonçini mustahkamlaydi.
Şu bois Malayziya, Indoneziya va Bruney tajribasida regulyator huzurida maslahat organlari faoliyat yuritadi, markaziy fatvolar e’lon qilinadi va bank yoki moliyaviy taşkilotlar huzuridagi hay’atlar ham şu umumiy qoidalarga tayanadi. Bruneyda, masalan, islomiy moliyaviy taşkilotlar kamida uç nafar ulamodan iborat maslahat organiga ega bölişi şart qilib belgilangan. Indoneziyada esa fatvo organi bilan birga bank içidagi nazorat ham aniq tartibga solingan va yillik hisobotlarda muvofiqlik hamda auditga oid ma’lumotlar tartibga soluvçi talablarga muvofiq oçiq bayon etiladi.
Tarkib va tayinlaş: samaraning asosiy omillari
1. Tarkib va yetakçilik
Şariat kengaşining samarasi, avvalo, uning tarkibi va mustaqilligiga boğliq. Amalda ulamolar köpçilikni taşkil etişi lozim. Rais va örinbosar, odatda, Muomalot fiqhi böyiça oliy ma’lumotli, tajribali va nufuzli ulamolar orasidan saylanadi. Huquqşunos, moliyaçi, buxgalter va iqtisodçilar kabi ekspertlar esa amaliyot yoki akademik faoliyatda şakllangan tajribasi bilan kengaş işiga amaliy hissa qöşadi.
2. A’zolar soniga oid tavsiya
A’zolar soni universal raqam emas; u mahalliy me’yorlar, faoliyat kölami va mahsulotlar turiga köra belgilanadi. Amalda keng qöllanadigan yondaşuvga köra, töliq islomiy institutlar uçun kamida 5 a’zodan iborat tarkib keng qöllanadi. Bank, takaful, investitsiya kabi bir neçta segment qamralganda esa mutaxassislikni töliq yoritiş maqsadida 7 yoki undan ortiq a’zo tavsiya etiladi.
3. Tayinlaş, muddat, rotatsiya va oşkoralik
Tayinlaş tartibi şaffof bölişi, iş muddati odatda 3–5 yil davom etişi, aylanma tartib (rotatsiya) va öz-özini baholaş amaliyoti joriy qilinişi maqsadga muvofiq. Maoş masalasi barça a’zolar uçun teng asosda belgilanib, raislik yoki ilmiy tadqiqot kabi qöşimça mehnat uçun alohida tölov közda tutilişi mumkin; bu boradagi umumiy axborot oşkora e’lon qilişi jamoatçilik işonçini yanada mustahkamlaydi.
Mustaqillik va mas’uliyat
Mustaqillik – aql-idrokning xolis holati. A’zo har qanday taşqi ta’sirdan xoli bölib, dalil va qoidalarga tayanib adolatli qaror çiqara olişi şart. Manfaatlar töqnaşuvini keltirib çiqarişi mumkin bölgan holatlardan ehtiyotkorlik bilan qoçiş talab etiladi; uşbu tamoyil tayinlov hujjatlarida aniq ifoda etadi.
Kamyob hollarda qöpol qoidabuzarlik yoki uzrsiz holda yiğilişlarda doimiy qatnaşmaslikka yöl qöyilsa, a’zolikdan ozod etiş mumkin. Bunday hollarda qaror faqat adolat mezonlari asosida, a’zoning eşitiliş huquqiga töliq rioya etilganidan söng qabul qilinadi.
“Oldindan” va “keyindan” körib çiqiş: uzluksiz nazorat
Şariat nazoratida “oldindan” va “keyindan” körib çiqişlar biri-biriga boğliq uzluksiz jarayondir: mahsulot işga tuşişidan oldin ilmiy va amaliyot nuqtai nazaridan baholanadi, joriy etilgandan söng esa nazariy talablar amaliy hayotda qay darajada ta’minlanayotgani muntazam tekşiriladi. Yil oxirida ötkaziladigan Şariatga muvofiqlik körib çiqişi (audit) esa içki nazorat natijalarini mustaqil tarzda tasdiqlab, bank yoki moliyaviy taşkilot oldida aniq vazifalar belgilab beradi. Bunda içki va taşqi audit işlarining Şariat nazorati bilan uyğunlaşgani muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilmiy dalillar: sifat – hal qiluvçi omil
Ayrim tadqiqotlarda körsatilişiça, ulamolar örtasida yuqori ilmiy va amaliy malaka darajalar uluşi ortişi qaror qabul qilişdagi puxtalikni oşiradi, ortiqça xavfga moyillikni pasaytiradi. Umumiy manzarada malaka, xolislik va öz vaqtidagi iştirok eng katta ta’sirga ega ekani qayd etiladi.
Amaliy qadamlar (umumiy tavsiyalar)
Islomiy bank xizmatlarini joriy etişda ikki darajali tizimni bir vaqtning özida va bosqiçma-bosqiç quriş maqsadga muvofiq: markaziy Şariat kengaşi butun tarmoq uçun yagona qoida va fatvolarni şakllantiradi, bank yoki moliyaviy taşkilotlar huzuridagi Şariat kengaşlari esa kundalik amaliyotda Şariatga muvofiqlikni ta’minlaydi. Bu ikki halqa bir-birini töldirsa, bozorda uyğunlik, mijozlarda işonç, bank yoki moliyaviy taşkilotlarda mas’uliyat va şaffoflik ortadi.
Şu bilan birga, tayinlaş, iş muddati va manfaatlar töqnaşuvini çeklaş qoidalarini aniq yoziş, hamda amaldagi qonunçilikka muvofiq ravişda Şariat qarorlarining qisqa asoslarini (izoh va mantiğini) ommaga e’lon qilib boriş jamoatçilik işonçini yanada mustahkamlaydi.
Yakuniy söz
Şariat kengaşi – moliyaviy hayotdagi halollik va adolat mezonlarini amaliyotga tatbiq etuvçi asosiy institut. Markaziy darajada u butun tarmoqqa yagona manzara va barqaror qoidalar berar ekan, bank yoki moliyaviy taşkilot içidagi hay’at har bir şartnoma va xizmatda şariat talablarini hayotga singdiradi. Sifatli tarkib, xolislik, oşkoralik va uzluksiz nazorat – tizimning tört tayançi. Şular bor joyda bozorda işonç ortadi, mijoz ham, bank yoki moliyaviy taşkilot ham yutadi.
Iskandar Tursunov,
Islomiy moliya eksperti,
Al Muamalat Consulting direktori
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi