Moliya | 19:11 / 19.09.2025
6120
2 daqiqa o‘qiladi

Islom moliyasi bo‘yicha 20-xalqaro forum Toshkentda bo‘lib o‘tdi

Birinchi bor ISSF – Islom moliyasi bo‘yicha shariat olimlari forumi Malayziyani tark etib, ilk bor Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Forum O‘zbekiston banklarida islomiy darchalar joriy etilishi jarayonini tezlashtirishiga umid qilingan.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

17 va 18 sentabr kunlari Islom moliyasi bo‘yicha 20-xalqaro forumga ilk bor Toshkent mezbonlik qildi. Unda shariatga mos modellarga o‘tishning samarali strategiyalari ko‘rib chiqildi. Operatsion muammolarni hal qilishda ilg‘or amaliyotlarni qo‘llash hamda shariatga muvofiqlikni ta’minlash – ustuvor maqsad sifatida aytildi. Bundan tashqari dual banking doirasida islomiy moliya dinamikasi o‘rganildi. Tizimlar, an’anaviy va islom banklari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni tahlil qilish, aralash iqtisodiyotlarda iqtisodiy barqarorlik imkoniyatlarini aniqlash masalalari muhokama qilindi.

Yuqori darajali platforma sifatida ISSF2025 taniqli shariat ulamolari, tartibga soluvchi organlar, standartlarni ishlab chiquvchi muassasalar, soha amaliyotchilari va islom moliyasi bo‘yicha yetakchi akademiklarni birlashtirdi. Forumda jarayonlarda shaffoflik va izchillikni oshirishga qaratilgan mahsulot va xizmatlar, shariat talqinlaridagi nomuvofiqliklarni bartaraf etish, innovatsion yechimlarni taklif qilish, global islom moliya sanoatini rivojlantirish asoslari haqida suhbat qilindi.

ISSF2025 forumi Markaziy Osiyoda islomiy moliyalashtirishning yuksalib borayotgan markazi bo‘lgan O‘zbekistonda o‘tkazilishi alohida ahamiyatga ega. Mamlakat global islomiy moliya landshaftida asosiy o‘yinchilardan biri sifatida sahnaga chiqishi mumkinligi aytildi.

Ushbu forum nafaqat O‘zbekistonning normativ-huquqiy va institutsional yutuqlarini yoritib berdi, balki transchegaraviy hamkorlik uchun platformani taqdim etish istiqbollari yo‘nalishini ham ko‘rsatib berdi.

Shokir Sharipov tayyorladi.
Tasvirchi Shohruz Abdurayimov.

Mavzuga oid