17:33 / 18.05.2018
25614

O‘zbekistonlik talabalarga Qozog‘iston OTMda qanday imtiyozlar bor?

Foto: Altaynews

Samarqand shahrida Qozog‘iston ta'limi kunlari boshlandi. Shu munosabat bilan Samarqand davlat universitetida bo‘lib o‘tgan tadbirda Qozog‘iston Respublikasidagi 15ta oliy ta'lim dargohidan vakillar qatnashdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” yozmoqda.

Qayd etilishicha, O‘zbekistondan Qozog‘istonga borib, oliy dargohlarda ta'lim oladiganlar uchun yaxshigina imtiyozlar mavjud. 

Masalan, O‘zbekistonda yashovchi, shu yurtning fuqarosi bo‘lgan qozoq millatiga mansub yigit-qizlar Qozog‘istonda 100 foiz grant asosida o‘qiydilar. Boshqa millat vakillari esa 50 foiz imtiyozga ega. 

Umuman, ushbu yilda qo‘shni mamlakatdagi oliy ta'lim dargohlarida o‘zbekistonlik 10 ming nafar o‘qishni xohlovchilar ana shunday imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin.

Top