Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifini imperator Naruxito bilan uchrashuvdan boshladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida 19 dekabr kuni Tokioda Yaponiya imperatori Naruxito bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Yaponiya imperatori davlat rahbarini samimiy qutlab, ushbu tashrif O‘zbekiston–Yaponiya do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘lida muhim voqea ekanini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev imperator Naruxitoga chuqur hurmat-ehtiromini bildirib, Yangi O‘zbekistondagi ortga qaytmas islohotlarni izchil qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik izhor etdi.
Shuningdek, tomonlar o‘zbek va yapon xalqlarini geografik jihatdan olis masofa ajratib tursa-da, mentalitet, urf-odatlar va oilaviy qadriyatlar o‘xshashligi, hamda ildizlari Buyuk Ipak yo‘li davriga borib taqaladigan tarixiy aloqalar bog‘lab turganini qayd etdilar.


Ikki tomonlama hamkorlik, ayniqsa, ta’lim, kadrlar tayyorlash va madaniy-gumanitar almashinuvlar yo‘nalishida kengayib borayotgani ta’kidlanib, bugunga qadar 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik mutaxassis Yaponiyada amaliyot o‘tagani, 440 nafardan ziyodi stipendiya asosida oliy ma’lumot olgani, O‘zbekistondagi 7 ta universitetda yapon tili o‘qitilayotgani keltirildi.

Tashrif doirasida Tokioda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilgani, kelgusi yili esa Yaponiyaning bir nechta shaharlarida O‘zbekiston madaniyati va tarixiga bag‘ishlangan arxeologik ko‘rgazma tashkil etilishi rejalashtirilgani bildirildi.

Uchrashuv yakunida prezident Shavkat Mirziyoyev imperator Naruxitoni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.

Mavzuga oid
08:31 / 30.03.2026
Yaponiya ko‘mir issiqlik elektr stansiyalari uchun cheklovlarni yumshatadi
22:25 / 24.03.2026
Yaponlar o‘z uyida qanday qilib mukammal ozodalikni saqlaydi?
22:15 / 24.03.2026
Olimlar Oyda ulkan energiya kamarini qurmoqchi – bu insoniyatni energiya bilan ta’minlaydi
12:24 / 24.03.2026