Jahon | 23:37 / 13.08.2025
15602
2 daqiqa o‘qiladi

Politico Tramp va Putin uchrashuvi oldidan Ukrainaning talablarini e’lon qildi

15 avgust kuni Donald Tramp va Vladimir Putin Alyaskada muzokara o‘tkazadi. Volodimir Zelenskiy bu uchrashuv Moskva va Vashington uchun muhimligini, Ukraina borasida ular qaror qabul qila olmasliklarini aytgan.

Foto: AP

Rossiya bilan tinchlik kelishuvini tuzish uchun Ukraina beshta asosiy talabni ilgari surmoqda, deb yozadi Politico. Gazeta AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi oldidan bu talablarni e’lon qildi:

Hududiy yon berishlardan oldin o‘t ochishni qat’iy to‘xtatish;

Rossiya Ukrainaga yetkazgan zararni to‘lashi shart. Zarar 500 mlrd–1 trln dollar deb baholanmoqda;

Ukraina Yevroittifoq va NATOga kirishni kelgusidagi hujumlarning oldini olish deb hisoblaydi. Kiyev shunindek, Moskvaning qurolli kuchlar sonini kamaytirish va Ukrainaga qurol yetkazilishini to‘xtatish talablarini rad etadi;

Ukrain harbiy asirlari va bolalarni qaytarish;

Ukraina Rossiyaga qarshi sanksiyalar saqlanib qolishini talab qiladi.

15 avgust kuni Donald Tramp va Vladimir Putin Alyaskada muzokara o‘tkazadi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bu uchrashuv Moskva va Vashington uchun muhimligini, Ukraina borasida ular qaror qabul qila olmasliklarini aytdi.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid