Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bu meni dahshatga soldi». Putin Imomali Rahmonga hamdardlik bildirdi
Rossiya prezidenti Qobiljonning o‘ldirilishida aybdor bo‘lganlar jazolanishiga va’da bergan.
Foto: Videodan kadr
Vladimir Putin MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy sammiti doirasida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan alohida uchrashdi va unga Moskva yaqinidagi maktabda 10 yoshli Qobiljon Aliyevning o‘ldirilgani yuzasidan hamdardlik bildirdi.
«Ikki tomonlama uchrashuvimizni sizga va bir necha kun oldin halok bo‘lgan tojikistonlik bolaning oila a’zolariga samimiy hamdardlik so‘zlari bilan boshlamoqchiman. Bolalarga nisbatan terakt sodir etilishi – jirkanch jinoyatdir. Shak-shubhasiz, tergov oxiriga yetkaziladi va aybdorlar, agar ular bir necha kishi bo‘lsa, albatta, to‘liq jazoga tortiladi. Yana bir bor takrorlayman: bu jinoyat meni dahshatga soldi.
Yuqorida aytganimdek, bu kabi jinoyatlar umuman tushunish chegarasidan chiqadi, agar bunday teraktlar bolalarga nisbatan sodir etilsa, bu boshqacha his-tuyg‘ularni uyg‘otadi.
Halok bo‘lgan bolaning oila a’zolariga samimiy hamdardlik so‘zlarini yetkazishingizni so‘rayman», – deya Putinning so‘zlarini keltiradi Kreml sayti.
16 dekabr kuni to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi Timofey K. Moskva oblasti Odinsovo rayoni Gorki-2 posyolkasidagi o‘zi o‘qiydigan maktabga pichoq ko‘targan holda keldi va o‘quvchilarga hujum uyushtirdi. U maktab qo‘riqchisini yaralagan va 10 yoshli Qobiljon Aliyevni o‘ldirgan. Timofey K. o‘zi tomonidan olingan videoda o‘quvchilardan qaysi millatdan ekanini so‘ragani aks etgan. Uning egnida ommaviy qotilliklarga ishora qiluvchi yozuvlar aks etgan ekipirovka bo‘lgan. Unga nisbatan qotillik va suiqasd bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan. Sud uni ikki oy muddatga hibsga olgan.
Mavzuga oid
14:35
Parij Putinning Makron bilan muloqotga tayyorligini olqishladi
13:44 / 20.12.2025
Makron Yevropani Putin bilan muloqotni qayta tiklashga chaqirdi
13:25 / 20.12.2025
Putin: RF aktivlarini musodara qilish yevrohududga bo‘lgan ishonchga putur yetkazadi
22:17 / 19.12.2025