Jamiyat | 16:32 / 06.10.2020
13532
7 daqiqa o‘qiladi

Ucell. 2850 metr balandlikdagi tayanch stansiyasi

Toshkent va termizlik jurnalist va blogerlar, «Ucell-Termiz» mintaqaviy ofisi xodimlari bilan birgalikda 2019 yil oktabr oyida 4G tayanch stansiyasi o‘rnatilgan Sariosiyo tumanining «Bog‘cha» qishloq fuqarolar yig‘iniga sayohat qildilar.

Surxondaryo viloyati aholi punktlarining katta qismi olis tog‘li hududlarda joylashganligi bilan barchaga ma'lum. Bundan tashqari, ushbu qishloqlarning aksariyati ko‘p millatli O‘zbekistonning haqiqiy etnografik marvarididir va butun dunyoga mashhurdir.

So‘nggi uch-to‘rt yil ichida mintaqaning chegaradosh tog‘li hududlarida, shu jumladan Sariosiyo tumanida joylashgan o‘nlab aholi punktlarida zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi izchil rivojlanib bormoqda.

«COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) bosh ofisiga mamlakatimizning turli mintaqalaridan har kuni so‘rovlar kelib tushmoqda. Va har kuni Ucell kompaniyasining mutaxassislari guruhi ma'lumotlarni ko‘rib chiqadi va barcha muammolarni zudlik bilan aniqlash uchun mintaqaviy bo‘limlarga yuboradi. Shu maqsadda Ucell rahbariyati va mutaxassislari uyali aloqa muammolarini topish va hal qilish maqsadida doimiy ravishda O‘zbekistonning turli hududlariga tashrif buyurib, abonentlar bilan uchrashib kelmoqdalar.

O‘tgan yilning oktabr oyida Kompaniyaga Surxondaryo viloyati Saraosiyo tumani «Bog‘cha» fuqarolar yig‘ini tomonidan murojaat kelib tushdi. Mahalla qo‘mitasi barcha aholi nomidan uyali aloqa va Internet sifatini yaxshilashni so‘rab murojaat qilgandi.

Barcha mamlakatlarda ishlarni bajarish qiyin bo‘lgan joylarda zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini yaratish juda qiyin jarayon deb hisoblanadi. Chunki ba'zi tepaliklarda butlovchi qismlarni faqat vertolyotda olib chiqish mumkin. Yoki... mehnatsevar eshakda.

Iqtisodiy hisob-kitoblar ham mavjud: biznes, qoida tariqasida, tikilgan pulni iloji boricha tezroq qaytarishni kutadi. Ijtimoiy mas'uliyat hamma uchun ham, har doim ham foyda haqida o‘ylashdan ustunroq bo‘la olmaydi.

Muammoni joyida hal qilish uchun «Ucell-Termiz» ning mintaqaviy direktori v.b. Bobur Hasanov, Toshkentdan kelgan tarmoqni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Aleksandr Muchkayev va texnik departament mutaxassislari hududga yetib borishdi.

Tog‘ etaklarida, vodiylarda va aksariyat dovonlarda aloqa bilan ta'minlash murakkab sanaladi. Signal uzatishning asosiy muammosi, avvalambor hududning murakkab past-balandliklaridir. Shuning uchun tayanch stansiyani o‘rnatishdan oldin batafsil tadqiqot ishlari olib borildi.

Texniklar nafaqat 4G tayanch stansiyasini o‘rnatish kerak degan xulosaga kelishdi, balki uni 2850 metr balandlikda, aynan «Bog‘cha» qishloq fuqarolar yig‘inining yuqorisida o‘rnatish uchun juda qulay joy topdilar. Qishloq aholisi xabardor qilindi: tayanch stansiya o‘rnatiladi, aloqa tiklanadi.

Barchasi shunday tez sodir bo‘ldi. Ular va'da bergandilar va so‘zlarida turdilar.

Kamoliddin Nuraliyev, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 44-maktab direktori:

- Ucell antennasi maktab yonidagi tepalikka o‘rnatilgandan buyon aloqa ancha yaxshilandi. Buning uchun maktabning 136 o‘quvchisining har biri kompaniya mutaxassislaridan minnatdor. Xususan, bu karantin davrida onlayn darslar o‘tkazishda o‘qituvchilarga katta yordam berdi. Internet tezligini oshiradigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish vazifalarni ham osonlashtirdi. Bu tuman markazi bilan onlayn ravishda ma'lumot almashishda seziladi. Ilgari ma'lumotni «yetkazib berish» uchun biz 90 km masofani bosib o‘tishimiz kerak edi. Endi ma'lumot uzatish bir necha tugmachalarni bosish bilan amalga oshiriladi.

Orzubek Qodirov, «Ucell-Termiz» texnik xizmat ko‘rsatish guruhining bosh mutaxassisi:

- Bog‘cha qishlog‘ida o‘rnatilgan 2G va 4G aloqa stansiyalari ayniqsa, internet tezligi ishning yuqori sifatda bajarilganini ko‘rsatadi. Masalan, 4G tarmog‘i bilan Internetning maksimal tezligi 50 Mb / s ga etadi. Bu onlayn o‘quv mashg‘ulotlarida bemalol qatnashsa bo‘ladi deganidir. 2G tizimi esa aholining sifatli aloqaga bo‘lgan ehtiyojini qondirib kelmoqda.

Biz tog‘li va tog‘ etaklaridagi aholi punktlarini yuqori sifatli aloqa va yuqori tezlikdagi Internet bilan ta'minlashni rejalashtirmoqdamiz.

Allamurod Bekov, nafaqaxo‘r, faxriy o‘qituvchi

- Bizning qishloq ko‘p asrlar ilgari serqatnov bo‘lgan yo‘lda paydo bo‘lgan. Hozir biz Sariosiyo tumanining chekkasida, viloyat markazidan 90 km uzoqlikda joylashganmiz. Aloqa sifatining yaxshilanishi natijasida 70 ta xo‘jalik, 114 ta oila, 584 kishi hayotini osonlashtirdi. Ochig‘ini aytganda, ilgari, aloqa yo‘qligi tufayli tez yordamni o‘z vaqtida chaqirishning ham imkoni yo‘q edi. Endi ko‘z tegmasin, aloqa sifati juda zo‘r, internet ham juda yaxshi ishlaydi. Barcha o‘qituvchilar va o‘quvchilar, qishlog‘imizning barcha aholisi Ucell operatoridan minnatdor. Yo‘l esa qayta tiklanmoqda va bir-ikki yil ichida bu yerda hayot yana qaynaydi. Ucell kompaniyasi shunchaki barchani orta qoldirdi. Olma kerak bo‘lsa, Bog‘chaga keling. Dunyoning hech bir joyida bunday shirin olmani topa olmaysiz.

Endi qishda, ayniqsa kuchli qor yoqqan paytda dunyodan vaqtincha uzilib qoladigan tog‘dagi Bog‘cha qishlog‘ida yuqori sifatli mobil aloqa va yuqori tezlikdagi Internet mavjud.

Bulutlar ostidagi 4G tayanch stansiyasi tufayli bugungi kunda mintaqada faqat Ucell uyali aloqa operatorining mobil aloqa tarmog‘i faoliyat ko‘rsatayotganini ta'kidlash ortiqcha bo‘lmaydi.

Umuman olganda, Surxondaryo viloyatida 330 ming Ucell abonentlari mavjud bo‘lib, ular uchun 129 savdo nuqtalari tashkil etilgan. Ular Kompaniya xizmatlarini maksimal darajada sifatli bajarishga yo‘naltirilgan.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid