Körgazma ekspozitsiyasi şahar infratuzilmasi va transportini rivojlantirişdan tortib, işlab çiqarişni raqamlaştirişgaça bölgan keng kölamli texnologik yeçimlarni öz içiga oladi. Taqdim etilgan işlanmalar qatorida intellektual monitoring tizimlari, robotlaştirilgan majmualar, uçuvçisiz texnologiyalar va kelajak sanoati qiyofasini şakllantirayotgan yangi avlod raqamli platformalari bor.

Şu munosabat bilan mamlakatning eng yirik mobil operatori bölgan Ucell kompaniyasi biznes samaradorligini oşiriş va korxonalarning barqaror rivojlanişiga yönaltirilgan raqamli yeçimlar turkumini taqdim etdi.

Andrey Şişkovskiy, Ucell boş direktori:

“Ucell özining texnologik yetakçilik maqomini tasdiqlaşga hamda nafaqat aloqa xizmatlari yetkazib beruvçi, balki transformatsiyaning barça bosqiçlarida biznesga hamrohlik qiluvçi tölaqonli raqamli şerik bölişga intiladi. INNOPROMdagi iştirok — bu kabi hamkorlikni rivojlantiriş hamda şeriklar va mijozlar uçun imkoniyatlarni kengaytiriş yölidagi navbatdagi qadamdir”.

Ekspozitsiyaning markaziy qismidan atrof-muhit holatini tizimli kuzatiş, tahlil qiliş va boşqarişga möljallangan kompleks yeçim — raqamli ekologik monitoring platformasi örin oldi. Uşbu platforma çuqur tahlil, katta hajmli ma’lumotlar bilan işlaş, taqsimlangan arxitektura va yuqori darajadagi kiberxavfsizlikni özida mujassam etib, turli sohalar uçun moslaşuvçanlik va kengaytiriluvçanlikni ta’minlaydi. Misol tariqasida, ekomonitoring xizmati joriy etilgani “Ohangaronsement” AJga işlab çiqariş jarayonlarining atrof-muhitga, şuningdek, korxona xodimlari va mahalliy aholining hayoti va salomatligiga ta’sirini nazorat qiliş imkonini berdi.

Akrom Najimov, Ucell biznes segmentida savdo va xizmat körsatiş böyiça rahbar:

“Zamonaviy biznes barqaror rivojlaniş va jarayonlarning şaffofligiga tobora köproq yönaltirilmoqda. Aynan şuning uçun ekologik monitoring sohasidagi yeçimlar strategik ahamiyat kasb etmoqda. Ucell platformasi şunçaki ma’lumotlar yiğiş bilan çeklanmay, ularni biznes samaradorligi va mas’uliyatiga bevosita ta’sir körsatadigan boşqaruv qarorlariga aylantiriş imkonini beradi