Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada yana bir jurnalist o‘ldirildi
Meksikaning Tamaulipas shtatida Diario de Nuevo Laredo nashri jurnalisti Karlos Dominges o‘ldirib ketildi. Bu haqda The Washington Post xabar tarqatdi.
Qotillik sodir etilganida Dominges o‘z mashinasida qizi bilan birga bo‘lgan. Keyingi vaqtlarda ushbu jurnalist nashrdagi kolonkasida siyosiy maqolalar e'lon qilgandi.
Mahalliy hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda ushbu qotillik Domingesning kasbi bilan aloqadorligi tekshirilmoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, unga o‘limi oldidan tahdid qilinmagan.
Bundan avvalroq Mexikoda El Universal nashri jurnalisti Xose Xerardo Martines o‘ldirib ketilgani xabar qilingandi.
2017 yilda Meksikada 12 jurnalist halok bo‘lgan. Meksikadagi jurnalistlar jamiyati ma'lumotlariga ko‘ra, 2000 yildan buyon 120 nafardan ortiq jurnalist o‘ldirilgan, 20 nafardan ortiq jurnalist bedarak yo‘qolgan, OAV binolariga hujum qilinishi bo‘yicha 50dan ortiq holat qayd etilgan.
Mavzuga oid
19:07 / 22.12.2025
«Bu meni dahshatga soldi». Putin Imomali Rahmonga hamdardlik bildirdi
20:05 / 18.12.2025
«Ayrimlar migrantlar mavzusini ko‘pirtirib yuborishdi». Rossiyadagi faollar Odinsovodagi fojia aybdorlari haqida
14:40 / 18.12.2025
Odinsovodagi qotillik. Hozirgacha nimalar ma’lum?
19:08 / 17.12.2025