Qobiljon Aliyev. U 10 yoşda edi. Tojikistonlik. Uni Moskva oblastidagi maktabda öldirişdi. Onasi farroş bölib işlagan maktabda. Maktabga 15 yoşli ösmir qurolli hujum uyuştirdi.
Tojikiston Moskva oblastida tojikistonlik bola öldirilişi yuzasidan Rossiya elçisini çaqirtirdi. Jinoyat 16 dekabr kuni Moskva oblasti Odinsovo rayoni Gorki-2 posyolkasidagi maktabda röy berdi. Şu maktabning töqqizinçi sinfi öquvçisi bölgan 15 yoşli Timofey maktabga piçoq kötarib kelib, qöriqçi va öquvçilarga hujum qildi. Natijada törtinçi sinf öquvçisi Qobiljon Aliyev halok böldi. Hujum uyuştirgan ösmir qölga olingan.
Halok bölgan bola Tojikistondan bölgan, deyiladi uşbu mamlakat taşqi işlar vazirligi xabarida. Tojikistonning Rossiyadagi elçixonasiga marhumning oila a’zolari bilan aloqada bölib turiş vazifasi qöyilgan, RFning Tojikistondagi elçisi Semyon Grigorevga esa «Rossiya tomonidan uşbu fojiali hodisani zudlik bilan, xolis va beğaraz tergov qiliş hamda barça aloqador şaxslarni qonunan qat’iylik böyiça javobgarlikka tortiş talabi bilan» nota topşirildi. Tojikiston TIV Qobiljonning öldirilişini millatga nafrat asosidagi qotillik deb hisoblaşini ma’lum qilgan. 18 dekabr kuni tongda Qobiljonning tobuti Tojikistonga olib kelindi va Şahrinav tumani Adjam qişloğiga dafn etildi.

Qobiljonning onasi şu maktabda farroş bölib işlagan. U turmuş örtoğining ölimidan keyin ikki farzandini yolğiz tarbiya qilib kelgan – Qobiljon va uning egizagini, u ham şu maktabda öqigan. Mahalliy telegram-kanallar yozişiça, hujumdan keyin uşbu ayol farzandlarini olib ketiş uçun maktabga kelgan. Bu vaqtda u hali öğillaridan biri öldirilganini bilmasdi. Unga nima bölganini eşik oldida aytib berişgan.
Timofeyning otasi esa xususiy tadbirkor, onasi hamşira. Ularning ikkisi ham 2000-yillar boşida prezident administratsiyasiga aloqador tuzilmalarda işlaşgan, sönggi paytlarda oila Gorki-2 posyolkasidan taxminan olti kilometr masofadagi Sosnaya qişloğidagi köp qavatli uyda yaşagan. Tanişlaridan birining telefon kitobçasiga Timofeyning kontakti «natsist» deb saqlangan.
Hujumdan oldin Timofey K. maktabdagi bolalardan qaysi millatdan ekanini söragan. Bu uning özi tomonidan olingan va telegram-kanaliga joylaştirgan videosida aks etgan. U öqituvçisi bilan turgan boşlanğiç sinf öquvçilari guruhi oldiga kelgan va ularning millatini söragan, şu vaqtda ortdan yaqinlaşgan qöriqçi uni çaqirgan, u ögirilib qöriqçining yuziga ballonçikdagi suyuqlikni sepgan va yelkasiga piçoq urgan, keyin esa har tomonga qoçayotgan öquvçilardan biriga yetib olib, tanasining turli qismlariga ustma-ust zarba bergan va hayotiga zomin bölgan. Şundan söng öz qurboni fonida selfi olgan.











