Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 26ta kvartira va 10ta samolyotga ega deputat aniqlandi
Surgut shahrining eng badavlat deputati, tadbirkor Yevgeniy Barsovda 26ta kvartira va 10ta samolyot borligi ma'lum bo‘ldi.
Yevgeniy Barsov / Foto : Surgut shahri dumasi
RIA Novosti xabariga ko‘ra, aynan shunday raqamlar mulozimning daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyasida mavjud.
Barsov 2019 yilda 72 mln rubl (taxminan 1 mln dollar) ishlab topgan, bu esa uning avvalgi yildagi daromadidan 2 barobar ko‘pdir. U o‘nlab kvartira va sport samolyotlaridan tashqari xususiy gazoprovodiga, ko‘pqavatli turar-joyga, 3ta avtomobil turar joyiga va ekskavatorga ega.
2016 yilda Barsov deklaratsiyasiga 10ta samolyot kiritgan, ammo kvartiralari soni kamroq bo‘lgan – 5ta.
2017 yilda tadbirkor «Yedinaya Rossiya» partiyasini tark etib, mandatini topshirgan, shu tufayli deklaratsiya topshirmagan.
Keyinchalik LDPR partiyasi bilan saylovda g‘olib chiqib, Duma a'zosi bo‘lgan. 2018 yilda uning kvartiralari soni 29taga yetgan.
Qayd qilinishicha, Yevgeniy Barsov 25 yil davomida «Surgutstroytrest» kompaniyasiga rahbarlik qilib, 2018 yilda bu biznesini sotib yuborgan.
Mavzuga oid
21:30 / 21.01.2026
Rossiya iqtisodiyoti migrantlarsiz yashay oladimi?
20:49 / 21.01.2026
Rossiyalik generalni o‘ldirishda ayblangan o‘zbekistonlik erkak umrbod qamaldi
15:47 / 20.01.2026
GFR hukumati: Ukrainadagi energiya ta’minoti falokatli holatga yaqin
14:58 / 20.01.2026