O‘zbekiston | 12:59 / 10.08.2021
4734
1 daqiqa o‘qiladi

Ayrim tadbirkorlarga soliqlarni bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tyapti. Yalpi majlisda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasida uch yildan ortiq faoliyat ko‘rsatayotgan hamda hisoblangan soliqlarni muddatida to‘lab kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq qarzini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmayotgan tadbirkorlik sub'yektlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilyapti

Bildirilishicha, bu imkoniyatlar tovarlarni import qilish bilan uch yildan ortiq shug‘ullanayotgan, bojxona to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlarini bajarib kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga ko‘ra to‘lovlarni belgilangan muddatda to‘lashga ega bo‘lmayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga ham tatbiq etilishi belgilanmoqda.

Deputatlar qayd etishicha, loyihaning qabul qilinishi aholi daromadlarini ko‘paytirishga, tadbirkorlik sub'yektlarining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Mavzuga oid