Davlat soliq qömitasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq organlari tomonidan davlat organlari ma’lumotlar bazasidan foydalanişni tartibga soliş töğrisida”gi qarori (ID-56743) loyihasini işlab çiqdi.

Savdo-sanoat palatasi qaror loyihasi yuzasidan jamoatçilik ekspertizasi xulosasini taqdim etdi.

Tadbirkorlarga yangi jazo turi öylab topilmoqda

Qaror loyihasida tadbirkorlik sub’yektlarining birja savdolarida hamda davlat xaridlari böyiça ötkaziladigan elektron savdo va tenderlarda Davlat soliq qömitasi tomonidan baholangan soliq xavfi darajasidan kelib çiqqan holda iştirok etiş huquqini belgilovçi tartib işlab çiqilişi közda tutilmoqda.

Bu tartib 2022 yil 1 oktyabrga qadar Moliya vazirligi, Quriliş vazirligi va “Özbekiston Respublika tovar-xomaşyo birjasi” AJ bilan birgalikda işlab çiqilişi belgilanmoqda.

DSQ uşbu yangi jazolaş tartibini soliq tölaşdan böyin tovlaş holatlarining oldini olişga qaratilgan tadbirlarning davomi deya baholagan.

Loyiha tuşuntiriş xatida keltirilişiça, bunda soliq qonunçiligini buzgan soliq tölovçilarga nisbatan javobgarlik muqarrarligini ta’minlaş va soliq tölamaslik xavfi yuqori bölgan soliq tölovçilarning birja savdolarida hamda davlat xaridlari böyiça ötkaziladigan elektron savdo va tenderlarda DSQ tomonidan baholangan soliq xavfi darajasidan kelib çiqqan holda iştirok etiş huquqini belgilovçi tartib işlab çiqiş nazarda tutilmoqda.

Savdo-sanoat palatasining pozitsiyasi

SSP xulosasiga köra, bunday tartib joriy etilişi aynan bir huquqbuzarlik uçun qayta va qayta javobgarlikka tortilişga sabab böladi.

“Vaholanki, amaldagi qonunçilikka köra, soliqlar yoki boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlaş uçun ma’muriy (MJtK 174-moddasida) va jinoiy (Jinoyat kodeksi 184-moddasida) javobgarlik belgilangan.

Bundan taşqari, tadbirkorlik sub’yektlari özlariga boğliq bölmagan holda ham soliq xavfi yuqori bölgan toifaga tuşib qolişlari mumkin. Bunday holatlarda tadbirkorlarning huquqlari asossiz ravişda çeklanadi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, bunday yangi tartibni işlab çiqiş maqsadga muvofiq emas. Şu bois bunday tartibni işlab çiqiş közda tutilgan loyiha 5-bandini çiqarib taşlaş lozim”, – deyiladi xulosada.

DSQ UzCard va Humo ma’lumotlar bazalaridan foydalanişi mumkin…

SSP loyihaning yana bir bandiga ham qarşi.

Loyiha 2-ilovasi 16–18-bandlariga köra, Davlat soliq qömitasiga elektron sörov asosida ma’lumot taqdim etadigan va keyinçalik ma’lumotlar bazasidan avtorizatsiya huquqi asosida foydalaniş hamda ma’lumotlar bazasi integratsiya qilinadigan davlat organlari va taşkilotlari sifatida UzCard (“Yagona umumrespublika protsessing markazi” MÇJ), Humo (“Milliy banklararo protsessing markazi” MÇJ) va suğurta taşkilotlari belgilangan.

Ekspertiza xulosasida aytilişiça, uşbu taşkilotlar mazkur ilova nomiga hamda loyihani işlab çiqiş uçun asos bölgan qaror normasi talablariga zid ravişda keltirilgan.

Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-73-son qarori bilan tasdiqlangan Yöl xaritasining 33-bandiga köra, soliq organlari tomonidan davlat organlarining ma’lumotlar bazalaridan real vaqt rejimida soliq tölovçilarning soliq majburiyatlarini aniqlaş uçun zarur bölgan ma’lumotlaridan foydalaniş tartibini joriy etiş belgilangan.

Yuqoridagi normalar esa davlat organlari bölmagan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga aralaşiş, ularning ma’lumot bazalaridan foydalaniş holatlarini keltirib çiqaradi.

Şularni inobatga olgan holda, loyihada soliq organlari tomonidan faqat davlat organlarining ma’lumotlar bazalaridan foydalaniş tartibini joriy etişni nazarda tutiş lozim.