Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament hamda DXX Bulung‘ur tumani bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda “Bulung‘ur” uchastka elektromontyori B.M. yakka tartibdagi tadbirkor D.N.ga tegishli savdo do‘konida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani yuzasidan tuzilgan dalolatnomaga asosan, 22 million so‘m zarar hisoblanishi va zararni qayta hisob-kitob qilish orqali 3 million so‘m tarzida bazasiga kiritib berish evaziga 5 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.















