O‘zbekiston | 21:03 / 02.02.2018
21301
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo viloyatidagi YPX patrul avtomobillari videoregistrator bilan ta'minlandi

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, eng avvalo, inson manfaatlariga, uning baxtli-saodatli hayot kechirishiga xizmat qilmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyati IIB YHX xizmati xodimlari ham xalq manfaatlarini himoya qilish yo‘lida qat'iyat bilan faoliyat olib borib, viloyat avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni ta'minlash, sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish borasida bir qator ijobiy natijalarga erishmoqda.

Foto: Qashqadaryo viloyat IIB matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida 2017 yil 22 dekabr kuni o‘tkazilgan videoselektorda belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan viloyat IIB YHX boshqarmasi tomonidan bir qator chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ushbu yo‘nalishdagi ishlarning debochasi sifatida, boshqarma tasarrufida bo‘lgan 52 ta doimiy ravishda xizmatda foydalaniladigan YPX patrul avtomobillariga zamonaviy va xalqaro talablarga javob beradigan videoregistrator kameralari o‘rnatildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat IIB matbuot xizmati ma'lumotiga asoslanib, KUN.UZ muxbiri xabar bermoqda.

Mazkur videoregistrator kameralari avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan “Yo‘l harakati qoidalari”ni buzish holatlari va boshqa huquqbuzarliklar qayd etib boradi, shuningdek, videoregistratorda qoidabuzarlik videotasvirlar bilan muhrlanadi hamda kamera xotirasida saqlanib, bu bilan qonun ustuvorligi ta'minlanadi.

Foto: Qashqadaryo viloyat IIB matbuot xizmati

Videoregistrator kamerasi orqali YPX xodimi va haydovchi o‘rtasida yuzaga keladigan ziddiyatli va muammoli holatlarni hamda korrupsiyaning oldi olinadi.

Patrul avtomobildagi videoregistrator kameralari, yo‘l harakati ishtirokchilarini haq-huquqlarni va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bir qatorda, ayrim haydovchilar tomonidan sodir etiladigan yo‘l harakati qoidabuzarliklarini ham tegishli tartibda rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.

Mavzuga oid