O‘zbekistonda yil boshidan buyon 100dan ortiq bola YTH tufayli vafot etdi
2021 yilning o‘tgan 6 oyida bolalar bilan bog‘liq 542ta YTH sodir etilib, 104 nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘ldi. Bu haqda Senat e'lon qilgan ma'lumotda aytildi.
Bildirilishicha, 28 iyul kuni Oliy Majlis yuqori palatasining o‘n yettinchi yalpi majlisi oldidan Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Senat xabariga ko‘ra, majlisda respublikada sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq masalaga alohida e'tibor qaratildi. Xususan, avtomobil yo‘llarida yo‘lovchilar xavfsizligini ta'minlash yuzasidan ta'sirchan nazorat to‘liq va samarali o‘rnatilmaganligi sababli 2021 yilning 6 oyi davomida jami 3,5 millionga yaqin, 2020 yilga nisbatan 40,8 foizga ko‘p yo‘l harakati qoidabuzarligi qayd etilgan.
Qayd etilishicha, oqibatda 3 754ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 3 170 nafar fuqaro jarohatlangan va 954 nafar fuqaro halok bo‘lgan.
2021 yilning o‘tgan 6 oyida bolalar bilan bog‘liq 542ta YTH sodir etilib, ularda 458 nafar bola jarohatlangani va 104 nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘lgani tanqidiy muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Mavzuga oid
18:54 / 24.01.2025
Jarima ballari limitdan oshgan haydovchilar qancha vaqtga guvohnomasidan ayrilishi belgilandi
13:30 / 24.01.2025
Huquq-tartibot xodimlari videolarini obro‘sizlantirish maqsadida tarqatganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
17:42 / 23.01.2025
Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
20:20 / 21.01.2025