Qonunçilikda belgilangan asosiy mehnat kafolatlari quyidagilar:

budjet taşkilotlarda işlaydigan, 3 yoşga tölmagan bolasi bor ona (ota-ona/vasiy) uçun haftasiga 35 soatgaça qisqartirilgan iş vaqti belgilanadi, iş haqi esa töliq iş vaqtidagi miqdorda tölanadi;

iş beruvçi homilador ayolning, şuningdek 14 yoşga tölmagan bolasi bor (yoki 16 yoşga tölmagan nogironligi bölgan bolasi bor) ota-onadan birining iltimosiga köra, tibbiy xulosa asosida töliqsiz iş vaqti belgilaşi şart; 

16 yoşga tölmagan nogironligi bölgan bolani tarbiyalayotgan ota-onadan biriga oyiga qöşimça bir dam oliş kuni beriladi; uşbu vaqt uçun davlat ijtimoiy suğurta mablağlari hisobidan bir kunlik iş haqi miqdorida nafaqa tölanadi.