Oliy Majlis Senatining ön ikkinçi yalpi majlisida “2026 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida”gi qonun ma’qullandi.

Senat matbuot xizmatining qayd etişiça, qonun keng jamoatçilik va mutasaddi taşkilotlar iştirokida, mahalliy Kengaşlar sessiyalari, Senat qömitalari majlislari doirasida batafsil örganildi. Jarayonda budjet mablağlarining taqsimlanişi, ustuvor yönalişlarning asoslanganligi va samaradorligi yuzasidan çuqur tahlillar amalga oşirildi.

Senatorlar 2026 yil davlat budjetida aholi turmuş darajasini yaxşilaş, xalq farovonligini yuksaltiriş, “yaşil iqtisodiyot”ni rivojlantiriş, atrof-muhitni muhofaza qiliş, soğliqni saqlaş tizimi bilan qamrovni kengaytiriş hamda sifatli ta’limni ta’minlaş kabi ijtimoiy soha yönalişlariga ustuvor ahamiyat berilganini alohida ta’kidladi.

Xususan, davlat budjeti xarajatlarining qariyb 55 foizi – 220 trln sömi ijtimoiy sohaga yönaltirilmoqda. Jumladan, ta’lim sohasiga 100 trln söm, soğliqni saqlaş sohasiga esa 49 trln söm ajratilişi közda tutilgan bölib, bu körsatkiç joriy yilga nisbatan 11,4 foizga oşirilmoqda.

Qonunga muvofiq, 2026 yilda inflatsiya darajasi 7 foiz atrofida bölişi prognoz qilinmoqda. Davlat budjeti xarajatlari 402,6 trln söm, daromadlari esa 368,9 trln söm miqdorida belgilangan. Davlat maqsadli jamğarmalarining daromadlari 78,6 trln sömni, xarajatlari esa 74,4 trln sömni taşkil etişi rejalaştirilmoqda.

Şuningdek, konsolidatsiyalaşgan budjet daromadlari 515,8 trln söm, xarajatlari 567,6 trln söm miqdorida şakllantirilgan bölib, uning taqçilligi yalpi içki mahsulotga nisbatan 3 foizdan oşmasligi nazarda tutilgan.

Muhokamalar çoğida senatorlar budjet daromadlarini oşiriş, mablağlardan maqsadli va samarali foydalaniş, belgilangan makroiqtisodiy vazifalarni izçil amalga oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Şuningdek, ijtimoiy muammolarni hal etiş, mahallalar infratuzilmasini rivojlantiriş hamda davlat dasturlarida belgilangan muhim tadbirlarni öz vaqtida va sifatli bajariş zarurligi qayd etildi.

Muhokamalar yakunida senatorlar “2026 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida”gi qonunni ma’qulladi.