Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Umumiy o‘rta ta'lim tizimida tabaqalashtirilgan ta'lim bosqichma-bosqich joriy etiladi
Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta'limi tizimida maktab va maktabdan tashqari ta'lim sifatini yanada jadallashtirish bo‘yicha bosqichma-bosqich chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Xalq ta'limi tizimida maktab va maktabdan tashqari ta'lim sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha bosqichma-bosqich chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, umumiy o‘rta ta'lim tizimida tabaqalashtirilgan (differensial) ta'lim bosqichma-bosqich joriy etilishi mumkin.
2019-2020 o‘quv yilidan boshlab har bir hududda 2 tadan umumiy o‘rta ta'lim maktablarida tajriba sinov tariqasida tabaqalashtirilgan (differenitsal) ta'limni joriy etiladi. Tajriba sinov o‘tkaziladigan umumiy o‘rta ta'lim maktablari uchun fanlar kesimida alohida dastur va o‘quv rejasi tuziladi, tajriba sinov natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan (differensial) ta'limni joriy etish bo‘yicha taklif kiritiladi.
Mas'ul ijrochilar - Xalq ta'limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy ta'lim vazirligi.
Mavzuga oid
21:54 / 25.12.2025
Putin Rossiyada avtomat-odamlar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qildi
15:26 / 18.12.2025
Akkreditatsiya to‘lovlari qaytarilmaydi: ta’lim tashkilotlari uchun yangi qoidalar
11:59 / 17.12.2025
Dala chetlaridan foydalangan fermerlarga soliq imtiyozlari beriladi
20:15 / 16.12.2025