«Koronavirusga sizni boshqarishiga imkon bermang» – Tramp kasalxonadan chiqdi
![](https://storage.kun.uz/source/6/7o9EcWNXYjoYC92JDiUXVzqlxoEMmN1c.jpg)
Foto: Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp kasalxonadan chiqdi. Bu haqda u o‘zining tvitterdagi sahifasida ma'lum qildi. Prezidentning sahifasida uning Oq uyga vertolyotda qaytgani tasvirlangan video paydo bo‘ldi.
Tramp vertolyotdan tushib Oq uy ayvoni tomon ko‘tarilgan va niqobini yechib, uning xavfsizligini ta'minlagan askarlarga harbiychasiga minnatdorchilik bildirgan. Bu videodan keyin Trampning sahifasida yana bir videomurojaat paydo bo‘ldi.
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) October 5, 2020
«Mening tuzalishimga yordam bergan barcha shifokorlar, hamshiralarga rahmat. Shuni aytmoqchimanki, koronavirusga sizni boshqarishiga imkon bermang. Qo‘rqmang, bizda eng yaxshi shifokorlar ishlaydi. Men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Hatto 20 yil oldingidan ham yaxshiroq.
Men frontga qaytdim. Yana takrorlayman, kasallik sizni boshqarishiga yo‘l qo‘ymang, ehtiyot bo‘ling. Vaksina ham asta-sekin yaratiladi. Meni qo‘llaganingiz uchun rahmat», deb murojaatini yakunlagan Tramp.
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) October 5, 2020
Bu AQSh yetakchisining koronavirus yuqtirganidan keyingi uchinchi videomurojaati bo‘ldi. Bungacha u ikki marta Uolter Rid nomidagi harbiy kasalxonadan murojaat yo‘llagandi. Trampda 2 oktabr kuni koronavirus aniqlangan va u 3 kun davomida kasalxonada bo‘lgach, yana Oq uyga qaytdi. U butkul tuzalgunga qadar shifokorlar nazoratida bo‘ladi. Ma'lum bo‘lishicha, Tramp 15 oktabr kuni Jo Bayden bilan bo‘ladigan navbatdagi debatlarda qatnashadi.
Tavsiya etamiz
Tramp Putin va Zelenskiy bilan qo‘ng‘iroqlashdi. Asosiy ma’lumotlar
Jahon | 13:32
Toshkent bozorlarida patta narxi oshadi. Savdogarlar nima deydi?
O‘zbekiston | 19:32 / 10.02.2025
Sertifikatga ega o‘zbek tili o‘qituvchilariga ham 50 foiz ustama beriladi
O‘zbekiston | 16:36 / 10.02.2025
Quyosh energiyasi orqali daromad olish: O‘zbekistonda quyosh panellari bilan biznes faoliyati
O‘zbekiston | 15:00 / 10.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xaridlarni qanday tejash mumkin? GoBozor o‘zbekistonliklar uchun foydali yechimlarni taklif etadi!
Jamiyat | 19:00
-
Samarqandda avtobus ag‘darilishi oqibatida 22 kishi jarohatlangani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 18:59
-
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ilk bor 13 000 so‘mdan oshdi
Iqtisodiyot | 18:32
-
Tramp va Putin urushni tugatishni 1,5 soat muhokama qildi
Jahon | 18:32
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/9/5_9s7gCCo00IkeV2Wo2v6wJQaa1e7_EI_medium.jpg)
15:52 / 19.08.2023
Odam tanlamaydigan “huquqiy mashina”. Tramp nega ta’qib qilinmoqda?
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/8/QgfuZF11Pq6fUFPQz-11F5_6pVulFtaE_medium.jpg)
15:51 / 14.04.2022
Bayden ortidan Tramp ham Ukrainada tinch aholi o‘ldirilishini genotsid deb atadi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/8/fR6-xImN20ptK0j9j5f-5gvKFn6YLQUW_medium.jpg)
19:04 / 17.03.2022
Tramp Rossiyaning Ukrainaga kirganidan hayron bo‘lganini aytdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/8/cXbxbDv2UmCc_O-G5uq0dFeNygQFMtQB_medium.jpg)
21:10 / 09.02.2022