Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda nasos stansiyalari modernizatsiya qilinadi
Prezidentning «Rossiya Federatsiyasining Davlat taraqqiyot korporatsiyasi «VEB.RF» ishtirokida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 95ta nasos stansiyacini modernizatsiya qilish loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish, elektr energiyasini tejash hamda sug‘oriladigan yerlarni suv bilan barqaror ta'minlash maqsadida qabul qilingan.
Quyidagilar tasdiqlandi:
a) quyidagi loyihalarning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari:
«Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 29 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish»;
«Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida 24 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish»;
«Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida 42 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish»;
b) yuqorida aytib o‘tilgan loyihalar uchun Rossiya Federatsiyasining Davlat taraqqiyot korporatsiyasi «VEB.RF»dan (Vneshekonombankdan) jalb etiladigan kredit bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish va foizlar to‘lashning prognoz jadvali;
v) mazkur loyihalarni amalga oshirish natijasida qayta foydalanishga kiritiladigan yer maydonlari va yetishtiriladigan mahsulot prognoz ko‘rsatkichlari.
Investitsiya loyihalarining umumiy qiymati 213,5 mln yevroni tashkil qiladi, shundan:
- 146 mln yevro – Vneshekonombank krediti;
- 67,5 mln yevro – O‘zbekiston Respublikasining ulushi, jumladan 33,7 mln yevro – respublika budjeti hisobidan QQSni qoplab berish va bojxona bojidan ozod etish shaklida.
O‘zbekiston Respublikasi nomidan Moliya vazirligi Vneshekonombank krediti (qarzi) bo‘yicha qarz oluvchi hisoblanadi.
Suv xo‘jaligi vazirligi loyihalarni amalga oshirishda iqtisodiy va moliyaviy samaradorlikka hamda belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish, shuningdek kreditning maqsadli ishlatilishi bo‘yicha mas'ul ijrochi organ hisoblanadi. U loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bosh pudratchilarni tender asosida aniqlaydi.
Bosh pudratchilar loyihalarni amalga oshirish doirasida qarz shartnomasida belgilangan mablag‘ hisobidan nasoslar, elektr dvigatellar, jihozlar, elektr qurilmalari va boshqa turdagi mahsulotlar va xizmatlarning:
- 70 foizini Rossiya Federatsiyasi ishlab chiqaruvchilaridan, 30 foizini esa O‘zbekiston Respublikasi mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qiladi;
- Davlat budjeti hisobidan to‘liq O‘zbekiston Respublikasi mahalliy ishlab chiqaruvchilaridan xarid qiladi.
Mazkur loyihalarni amalga oshirish doirasida 2024 yil may oyiga qadar Davlat budjeti va Vneshekonombank kreditlari hisobidan xarid qilinadigan tovarlar bojxona bojidan ozod qilinadi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026