11 yanvardan OTMlarda an'anaviy ta'lim boshlanadi
O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari 11 yanvar kunidan an'anaviy ta'limga qaytadi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tayotgan brifingda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farhod Babashev ma'lum qildi.
«Barcha OTMlar tomonidan o‘quv jarayonini an'anaviy tarzda boshlash bo‘yicha grafik ishlab chiqilgan. Grafik asosida 2021 yil 11 yanvardan barcha OTMlarning tegishli kurslarida o‘quv jarayoni an'anaviy shaklda boshlanadi.
Ayrim kasal talabalar yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarning o‘qishlari onlayn shaklda davom ettirilishi mumkin. Bu holatda OTMlar talabalarning sharoitlarini o‘rganib chiqadi. Barcha imkoniyatlari mavjud bo‘lgan talabalar an'anaviy ta'limga to‘liq jalb etiladi», deya vazirlik vakilining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tadbirda ta'lim jarayonini tashkil etishda haftalik o‘quv kunlari OTM tomonidan mustaqil belgilanishi ma'lum qilindi.
«Haftalik o‘quv kunlari o‘quv rejasidagi haftalik yuklamalar asosida belgilanadi. Bugungi kunda o‘quv rejalaridagi fanlarga ajratilgan haftalik yuklamadan kelib chiqadigan bo‘lsak, haftalik o‘quv kuni 5-6 kunga to‘g‘ri keladi. Bunda talabalarning kunlik yuklamasi ham oshib ketmasligi lozim», degan vazirlik vakili.
- Ma'lumot uchun, 2020 yil 16 noyabrdan O‘zbekistonda oliy ta'lim muassasalarida o‘quv jarayonlari an'anaviy shaklda tiklana boshlagan, faqat birinchi va bitiruvchi bosqich talabalari an'anaviy darslarga chaqirilgandi. Shu bilan birga, talabalarning o‘zi an'anaviy yoki onlayn ta'lim shaklini tanlashi mumkin edi. Endilikda an'anaviy darslar barcha bosqich talabalariga taalluqli hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda mahsulotlar va xizmatlarni «Halol» belgisi bilan tamg‘alashga ruxsat beriladi
O‘zbekiston | 23:43 / 02.02.2025
Leviafanga qarshi oligarx: nega Ilon Mask «Yevropaga asil buyukligini qaytarish»ga ahd qildi?
Jahon | 20:34 / 02.02.2025
Trampdan yangi «shou», HAMASda yangi taktika, AQShni «sindirgan» Xitoy – hafta dayjesti
Jahon | 16:07 / 02.02.2025
“Uyda o‘tira olmayman” - Qumtepa bozorida savdo qilayotgan 81 yoshli otaxon
Jamiyat | 14:44 / 02.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonga AQSh Savdo palatasi delegatsiyasi tashrif buyuradi
O‘zbekiston | 16:46
-
Vengriya Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalariga shubha bilan qarayapti
Jahon | 16:43
-
O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 896 trln so‘mni tashkil etdi
Iqtisodiyot | 16:42
-
«Tinchlik har qachongidan yaqinroq» - Zelenskiyning intervyusidan asosiy gaplar
Jahon | 16:37
Mavzuga oid
18:20 / 06.02.2022
“Go‘yo biz teatrdagi qo‘g‘irchoq” – talabalarning an’anaviy ta’limga qaytilishiga munosabati
16:45 / 03.02.2022
An’anaviy o‘qish tiklanishi tufayli qo‘shimcha reyslar qo‘yilishi mumkin
21:24 / 02.02.2022
Talaba va o‘quvchilarga chiptalar uchun 50 foizlik chegirmalar saqlab qolinadi
19:33 / 10.01.2021