Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kambojada dunyodagi eng baland egizak minoralar qurish rejalashtirilmoqda
Xitoy kompaniyalari Kamboja poytaxti Pnompenda dunyodagi eng baland – 560 metrlik egizak minoralar quradi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, ikki osmono‘par binoning qurilishiga shartnoma Uxan shahrida Xitoy va Kamboja hamda Makao kompaniyalari o‘rtasida imzolangan. Bu binolar TBR Twin Tower World Trade Center deb nomlanadi. Binolarning qurilishiga umumiy investitsiyalar miqdori 2,7 mlrd dollarga baholanmoqda.
Minoralarning balandligi 560 metrni tashkil qiladi, ular Kuala-Lumpurdagi (Malayziya) 88 qavatli Petronas minoralaridan 108 metrga balandroq bo‘ladi. Malayziyadagi minoralar 1998 yilda qurilishi yakunlangandan beri dunyodagi eng baland egizak minoralar hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, dunyodagi eng baland bino Dubaydagi 828 metrlik Burj-Xalifa hisoblanadi.
Mavzuga oid
23:59 / 11.09.2021
Dunyoni o‘zgartirgan kun. 11 sentabr teraktlari xronologiyasi
17:25 / 11.03.2021
Kambojada ilk marta koronavirusdan o‘lim holati qayd etildi
14:27 / 30.11.2020
Kambojada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq ilk holatlar qayd etildi
01:25 / 13.02.2020