Kambojada pandemiya boşlanganidan buyon ilk marta koronavirusdan ölim holati qayd etildi.
Xabar qilinişiça, vafot etgan bemor Sianukvil şahrilik 50 yoşli erkak bölib, unda fevralda koronavirus aniqlangan, 11 mart kuni vafot etgan.
Kambojada şu kunga qadar koronavirus yuqtiriş bilan boğliq 1163ta holat qayd etilgan.
Hozirda mamlakatda kasallik qaytadan avj olişiga qarşi kuraşilmoqda. Kamboja soğliqni saqlaş vazirligining ma'lumot berişiça, virus qaytadan tarqalişiga fevral boşida karantinga amal qilmagan va tungi klubga borgan xorijlik fuqaro sababçi bölgan.
Poytaxt Pnompen va Kandal hamda Sianukvil provinsiyalarida 20 fevraldan maktab, kinoteatr, bar, muzey va köngiloçar muassasalar yopib qöyilgan.












