Kamboja bortida koronavirusga çalinganlar bölişi mumkinligi xavotiri sababli Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlarida qabul qilinmayotgan Westerdam kruiz laynerini qabul qilişga rozi böldi.
Bu haqda Kyodo axborot agentligi xabar berdi.
Ayni vaqtda Tailand sohillari yaqinida suzib yurgan kema 13 fevral ertalab Kambojaning Sianukvil portiga yetib keladi.
Westerdam navbatdagi safariga Hongkongdan 1 fevralda çiqqan. Öşandan beri kemani bortida koronavirusga çalinganlar bölişi mumkinligi gumoni ostida Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari qabul qilişdan boş tortyapti. Jumladan, kemaga Yaponiya, Filippin, Guam, Tailand, Janubiy Koreya va Tayvan rad javobini bergan.
Ayni vaqtda kema bortida 1455 sayyoh va ekipajning 802 a'zosi bor. Kema egasi Holland America Line kompaniyasining ta'kidlaşiça, undagi odamlarning barçasi soğlom. Kema öz sayohatini 15 fevralda Yaponiyaning Yokogama şahrida yakunlaşi kerak edi.
Kamboja soğliqni saqlaş vazirligi davlat kotibi agar kemadagi barça yölovçilar haqiqatan ham soğlom bölsalar, “ularga şubhasiz Kambojada ta'tilni ötkazişga imkon berilişi kerakligini” aytgan.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti rahbari Tedros Adxanom Gebreyyesus Kamboja hukumatiga bu “olijanoblik” uçun minnatdorlik bildirgan.
Ayni vaqtda boşqa bir kema - bortida 3,7 ming kişi bölgan Diamond Princess layneri Yokogama portida karantinda turibdi. Oxirgi ma'lumotlarga köra, kemada virus aniqlangan kişilar soni 174 nafarga yetgan. Yölovçilar virusni kemadan Hongkongda tuşib qolgan keksa erkakdan yuqtirib olişgan.


















