O‘zbekiston | 14:55 / 08.11.2023
15683
1 daqiqa o‘qiladi

Sadir Japarov rafiqasi hamrohligida O‘zbekistonga yetib keldi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov rafiqasi Aygul Japarova hamrohligida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti o‘n oltinchi sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Foto: Bosh vazir matbuot xizmati

Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Shundan so‘ng, Qirg‘iziston prezidenti o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun bunga qadar, Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov va Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar Toshkentga yetib kelgandi. 

Mavzuga oid