Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi rahbari Qamçibek Taşiyev matbuot anjumanida Vazirlar Mahkamasi sobiq rahbari Oqilbek Japarovning «boşqa işga ötişi munosabati bilan» iste’foga çiqişiga izoh berdi.
Unga köra, bu haqdagi qarorni prezident qabul qilgan.
«Oqilbek Usenbekoviç tajribali inson bölib, davlat uçun köp xayrli işlarni qilgan. Biz prezident qarorlarini muhokama qilmaymiz», dedi u.
Şu bilan birga, jurnalistlar sobiq boş vazirni Qirğiziston Davlat soliq xizmatidagi korrupsiyaga aloqasi bor-yöqligi haqida söraşdi. Qamçibek Taşiyev şunday javob berdi: «Biror narsaga aloqasi borligi uçun ketdi. Şunçaki ketmadi».
6 dekabr kuni Milliy xavfsizlik davlat qömitasi xodimlari Davlat soliq xizmati raisi Oltinbek Abduvapov va uning örinbosari Islombek Qidirğiçevni qölga olgan edi. Ular korrupsiya sxemalariga aloqadorlikda va mansab vakolatlarini suiiste’mol etişda gumonlanmoqda.
Tergov ma’lumotlariga köra, firibgarlik elektron yuk-xatlari bilan boğliq. Noqonuniy harakatlar yakka tartibdagi tadbirkorlarga katta hajmdagi soliqlarni tölaşdan böyin tovlaş, real daromadlarni yaşiriş va mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar yetkaziş imkonini bergan.











