Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzAuto Motors Service & Trade-In Center barcha xohlovchilar uchun minilgan avtomobillar bozorini ochadi
Minilgan avtomobillar bozori madaniylashishi mumkin – endi avtomobilni UzAuto Motors Service & Trade-In Center maydonida sotish, sotib olish yoki almashtirish imkoniga egasiz.
Sershovqin, ketingizdan qolmaydigan sotuvchilarga to‘la avtobozorni, avtoservis, notarius va DYHXB o‘rtasidagi cheksiz qatnovlarni unuting.
Markaz qoshida minilgan avtomobillar savdo maydonchasi ochildi, unda istalgan avtohavaskor haftada 7 kun o‘zining yurgan avtomobilini sotuvga BePUL qo‘yishi yoki o‘zi uchun zarur avtomobilni tanlashi mumkin.
Buning uchun avtomobilni UzAuto Motors Service & Trade-In Center'ga olib kelish, 172ta nuqta bo‘yicha avtomobil diagnostikasini o‘tkazish va maxsus stikerni olish, avtomobilni saqlashga topshirish shartnomasini tuzish va o‘z kontaktlarini qoldirish kifoya. Avtomobil sotuvchisi doim u yerda bo‘lishiga hojat yo‘q – markaz menejyerlarining o‘zlari potensial xaridorlarni avtomobil bilan tanishtiradilar va zarur bo‘lsa, avto egasini chaqiradilar.
Afzalliklarimiz:
- Savdo maydonchasida avtomobilni joylashtirish uchun to‘lovning mavjud emasligi;
- Avtobozorning haftada 7 kun, ertalabdan kechgacha ochiqligi;
- Avtomobil oldida doim turish zaruratining yo‘qligi – tajribali menejyerlar xaridorlarni avtomobilingiz bilan tanishtiradilar;
- Minilgan avtomobilning yangisiga Trade-In tizimi bo‘yicha bir necha soat ichida almashtirish imkoniyati;
- Qulay joylashuv va badastir sharoitlar.
Hozirda Trade-In Center markazga Trade-In tizimi bo‘yicha berilgan minilgan avtomobillarni sotib kelmoqda. Bundan tashqari, markaz hududida UzAuto Motors ning yangi avtomobillari ham sotuvga qo‘yilgan. O‘z avtomobilingizni Trade-In Center savdo maydonchasiga joylashtirib, siz bitimingiz tez, foydali va qulay sharoitlarda amalga oshishiga amin bo‘lishingiz mumkin.
Qo‘shimcha axborot olish uchun call-markazga qo‘ng‘iroq qiling: 78 1207077
Xaridingiz baroridan kelsin!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram: @uzautomotorscom
Instagram: @uzautomotorsofficial
Facebook: fb.com/UzAutoMotorsOfficial
Sayt: www.uzautomotors.com
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:35 / 17.06.2025
UzAuto Motors’ning O‘zbekiston bozoridagi ulushi qisqardi
15:39 / 12.06.2025
Yanosh Kovach UzAuto Motors bosh direktori etib tayinlandi
16:42 / 29.05.2025
UzAuto Motors Malibu sotuvini ochganidan bir soat o‘tmay shartnomalar tugab qoldi
16:09 / 15.05.2025