Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzAuto Motors Malibu sotuvini ochganidan bir soat o‘tmay shartnomalar tugab qoldi
UzAuto Motors Chevrolet Malibu XL avtomobili uchun qayta kontraktatsiya boshlanganini e’lon qilganidan bir soat o‘tmay, shartnomalar tugaganini ma’lum qildi. Bu model kontraktatsiyasi aprel oyi boshida to‘xtatilgandi.
UzAuto Motors kompaniyasi 29 may kuni soat 14:40 da Shevrolet Malibu XL avtomobili uchun kontraktatsiya qayta boshlanganini ma’lum qildi.
Kompaniya bugundan boshlab har bir mijoz avtomobilni o‘ziga yoqqan rangda, kerakli modifikatsiyasida tanlash imkoniga egaligini xabar qildi.
Lekin oradan bir soat ham o‘tmay, soat 15:22 da barcha shartnomalar yakunlangani ma’lum qilindi. Rasmiy xabarda nechta shartnoma tuzilgani ochiqlanmagan.
Ma’lumot uchun, UzAuto Motors Malibu sotuvini aprel oy boshida to‘xtatgandi.
“Yangilangan” Malibu XL sotuvi 2023 yil mart oyidan boshlangan. O‘shanda kompaniya 3 xil komplektatsiyada (XL 1LT – 375 mln so‘m; XL 2LT –390 mln so‘m; XL LTZ – 419 mln so‘m) sotuvga chiqarilishini e’lon qilgan. Amalda esa faqat eng qimmat komplektatsiyani xarid qilish mumkin edi.
Joriy yil aprel oyida ijtimoiy tarmoqlarda avtovozga ortilgan yangi Malibu-2 avtomobillari videosi tarqalgach, UzAuto Motors bu avtomobillar Xitoydan olib kelinayotganini bildirgandi.
Mavzuga oid
17:38 / 09.06.2026
Bir yilda bitta mashinaga sertifikat cheklovi bekor qilindi: bu nimani anglatadi?
21:37 / 05.06.2026
Shaxsiy ehtiyoj uchun avtomobil olib kirishda “bir yilda bitta” degan cheklov olib tashlandi
17:27 / 30.05.2026
Sergeli avtomobil bozorida noqonuniy olibsotarlarga qarshi reyd: 30 kishiga chora ko‘rildi
18:55 / 15.05.2026