Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fors ko‘rfazi davlatlaridagi o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilinadi
Prezident topshirig‘i bilan bosh vazir o‘tkazgan yig‘ilishda eksport-import operatsiyalari uchun muqobil yo‘nalishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ham vazifalar belgilab berilgan.
Fors ko‘rfazi mamlakatlarida bo‘lib turgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytariladi. Hukumatdagi manba Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev bu ishni samarali tashkil etish yuzasidan bosh vazir Abdulla Aripovga topshiriq bergan.
Bugun, 2 mart kuni Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilingan.
Videoselektorda fuqarolarni xavfsiz va tizimli ravishda vatanga olib kelish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olingan. Mamlakatdagi barcha aviakompaniyalarga Fors ko‘rfazi davlatlarida bo‘lib turgan yurtdoshlarni qaytarish choralarini ko‘rish topshirilgan.
Xususan, Jidda–Toshkent yo‘nalishida repatriatsiya reyslarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratish vazifasi yuklatildi.
Majlisda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga Fors ko‘rfazi davlatlari bilan amaldagi kelishuvlarning ijro holatini tahlil qilish, shuningdek, eksport-import operatsiyalari uchun muqobil yo‘nalishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berilgan. Qayd etilishicha, vaziyatdan kelib chiqib, barcha zarur choralar tezkorlik bilan amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistondagi barcha aviakompaniyalarga keyingi ogohlantirishgacha ziyoratchilarni Umra dasturi bo‘yicha Saudiya Arabistoniga olib borish vaqtincha to‘xtatilgan va 2026 yil 2 martdan boshlab fuqarolarni vatanga qaytarish uchun Uzbekistan Airways Jidda–Toshkent yo‘nalishida maxsus repatriatsiya reyslarini amalga oshirish belgilangan edi.
Mavzuga oid
09:11
Eron: AQSh Yaqin Sharqda yana bir jangovar samolyotini yo‘qotdi
14:49 / 02.04.2026
Gulistonda ko‘p qavatli uy qulash xavfi sabab unda yashovchilar evakuatsiya qilindi
23:13 / 28.03.2026
AQSh desantchilari Yaqin Sharqqa yetib keldi
21:06 / 27.03.2026