Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy Tramp va Putin uchrashuvi bo‘lib o‘tadigan shahar nomini ma’lum qildi
Ta’kidlanishicha, AQSh yetakchisi Ukrainadagi “harbiy harakatlarga chek qo‘yishga qat’iy ahd qilgan”.
Ankorij shahri / Foto: iStock
AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuv 15 avgust kuni Alyaska shtatining Ankorij shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oq uy ma’lum qildi.
"Juma kuni prezident Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazish uchun Alyaskaga, Ankorijga yo‘l oladi", - dedi Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt.
U Amerika yetakchisi Ukrainadagi “harbiy harakatlarga chek qo‘yishga qat’iy ahd qilgan”ligini ta’kidladi.
Ankorij Alyaska shtatining eng yirik shahri hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:21 / 29.12.2025
Putin Zaporojiye shahrini egallash uchun hujumni davom ettirishni buyurdi
14:10 / 29.12.2025
Rossiyada yangi tartib: Putin amaldorlar deklaratsiyasini o‘zgartirdi
08:29 / 29.12.2025
Donbass masalasi hal bo‘lmadi: Tramp va Zelenskiy uchrashuvi natijalari
22:32 / 28.12.2025