Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTning vazifasini AQSh bajarmoqda – Tramp
AQSh prezidenti BMTni dunyoda tinchlik o‘rnatishda faollik ko‘rsatishga chaqirdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ukraina mojarosini hal qilishda deyarli qatnashmayapti, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp.
"BMT hozirda Rossiya va Ukraina orasida sodir bo‘layotgan falokatni bartaraf qilishga juda kam hissa qo‘shdi", — deb yozdi Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, tinchlik o‘rnatish borasida mazkur butunjahon tashkilotining vazifasini AQSh bajarmoqda.
"Oxirgi 11 oy ichida men to‘xtatgan sakkizta urush va nizolar bois ehtimol AQSh haqiqiy Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aylandi. BMT butun dunyoda tinchlik o‘rnatishda faol bo‘lishi kerak", - deya qo‘shimcha qildi u.
28 dekabr kuni Tramp Floridada Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashadi.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026