Sönggi vaqtlarda Toşkent şahrida bolalar maydonçasi, mahalla guzari, xususiy boğça, avtoturargoh va boşqa ijtimoiy maqsadlar uçun ajratilgan yerlarda köp qavatli uylar, biznes markazlar yoki şunga öxşaş inşootlar paydo bölmoqda.

Açinarlisi, bu holatga javobgar bölgan taşkilotlar ikki qölini çöntagiga solgança, jim kuzatişdan nariga ötmayapti.

“Sehrgarlar”

Kurbanoff.net Telegram-kanali muallifi Şuhrat Qurbonovning yozişiça, Şimoliy vokzal qarşisidagi sobiq tramvay deposi hududida, avtoturargoh quriş uçun ajratilgan joyda biznes markaz paydo bölib qolgan.

“Köp qavatli avtoturargoh quriş bahonasi bilan yer olinadi, keyin yarim avtoturargoh va yarim supermarket quriladi. Söng esa biznes markaz paydo bölib qoladi! Sehrgarlar”, – deya munosabat bildirgan bloger.

“Har bir qaror lupa bilan qaytadan tekşirib çiqilişi kerak”

Iqtisodçi Otabek Bakirovning ta’kidlaşiça, yuqoridagi kabi “investitsiyaviy” loyihalarni Toşkentning deyarli barça hududlarida köriş mumkin.

“Şaxsan özim Çilonzor 9-kvartalda bir qavatli guzar va “uçastkovoy” uçun ajratilgan yer maydonida, buzilgan garajlar örnida ikki qavatli boğça uçun ajratilgan maydonlarda böy çözgan köp qavatli uylar qurilganiga guvohman. Poytaxtda biron bir kvartal yo mahalla yöqki, şunday buzğunçilikka duç kelmagan bölsa”, deydi u.

Bakirovga köra, bu qurilişlar Toşkent şahrida 2018 yil oktyabrdan 2021 yil avgustgaça ötkazilgan huquqiy eksperiment bilan boğliq. Bu eksperiment “Toşkent şahrida investitsiya muhitini yaxşilaş böyiça eksperimentni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmon bilan joriy etilgan edi.

“Istalgan hududda istalgan formulirovka bilan yer ajratib oliş, uni istalgan vaqtda mazmuni va maqsadini özgartiriş mumkin bölgan. Masalan, 2018 yilda 1 qavatli guzar uçun ajratilgan yerda 9 qavatli biznes markaz paydo bölgan bölsa, avvalboşdagi qarorni topiş kerak böladi, agar buni orqa sana bilan qaytadan yasab qöyişmagan bölsa. Firmalarga ajratilgan yer maydonlari böyiça ta’sisçilarni özgartiriş orqali yer sotişlarning, qöldan qölga ötişlarning esa sanoği yöq.