Toşkent va Samarqand örtasida pulli yöl quriş loyihasi böyiça tenderda Xitoy kompaniyasi ğolib çiqdi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, hozir xitoylik hamkorlar bilan şartnoma tuziş va quriliş işlarini boşlaş böyiça muzokaralar olib borilmoqda. Biroq, vazir tenderda ğolib çiqqan kompaniya nomiga aniqlik kiritmadi.

Şu bilan birga, Özbekiston hukumati loyihani amalga oşirişga texnik nazoratni amalga oşiradigan, iş sifatini nazorat qiladigan va loyiha yeçimlarini ekspertizadan ötkazadigan xalqaro konsalting kompaniyasini jalb qiliş niyatida.

Yöl qurilişi joriy yil iyul oyida boşlanişi rejalaştirilgan. 282 kilometr uzunlikdagi yangi avtomobil yöli mavjud magistralning yukini kamaytirişga möljallangan, bundan taşqari, u haydovçilarga poytaxtdan Samarqandga ikki baravar tezroq yetib boriş imkonini beradi. Mahkamovning qöşimça qilişiça, pullik yöl orqali şaharlar örtasidagi sayohat vaqti taxminan 2,5 soatni taşkil etadi.

Özbekiston Milliy banki boşqaruvi raisi Alişer Mirsoatov, öz navbatida, Toşkent-Samarqand avtomobil yöli loyihasining qiymati qariyb 2,2 milliard dollarga baholanayotganini ta’kidladi. Loyihani amalga oşiriş tört bosqiçga bölingan bölib, qurilişni moliyalaştirişga Xitoy kredit taşkilotlari, xususan, Xitoy taraqqiyot banki, Xitoy eksport-import banki va Xitoy kommunikatsiyalar banki jalb qilinadi.

Şuningdek, işlarning uzluksizligini ta’minlaş uçun Özbekiston hukumati bir yil muddatga 200 million dollar miqdorida briç-kredit (qisqa muddatli qarz) jalb qilişi mumkin.

Ta’kidlanişiça, pulli yöl qurilişini moliyalaştirişning 85 foizi xorijiy kreditorlar zimmasiga tuşadi, qolgan 15 foizi respublika davlat budjeti mablağlari hisobidan qoplanadi.