Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
3ta tumanda turizm sohasidagi tadbirkorlar uchun maxsus soliq rejimi tatbiq etiladi
Jizzax viloyatining geografik joylashuvi, tabiatidan kelib chiqib, ham ichki, ham tashqi turizmni rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar bor. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tdi.
Foto: Kun.uz
“Zomin, Forish, Baxmal tumanlari va “Aydar-Arnasoy” ko‘llar tizimida qo‘shimcha turistik zonalar va dam olish maskanlarini barpo etish bo‘yicha 300 million dollarlik loyihalar amalga oshirilib, 25 ming ish o‘rinlari yaratiladi.
Buning uchun, maxsus dastur qabul qilinib, unda quyidagilar nazarda tutiladi: Jizzax shahridagi temir yo‘l vokzalidan ushbu hududlardagi turistik majmualarga tezyurar avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi; Toshkent shahri va boshqa hududlardan uyushgan holda keladigan turistlarga transport xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi; ushbu tumanlarning turizm obektlarigacha yo‘l va elektr ta'minotiga 200 milliard so‘m ajratiladi.
Aholi xonadonlarida “oilaviy mehmon uylari”ni yo‘lga qo‘yish uchun o‘quv markazi tashkil etiladi va imtiyozli kreditlar, subsidiya va yangi yengilliklar paketi joriy etiladi. Ushbu tumanlardagi turizm sohasidagi tadbirkorlar uchun maxsus soliq rejimi tatbiq etiladi. Bunda, uch yil davomida aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada, mol-mulk, yer, suv soliqlarini hisoblangan summadan bor-yo‘g‘i 1 foizini to‘laydi. Yo‘l bo‘ylarida savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish obektlari quriladi.
Shuningdek, “Zomin” turistik hududida zamonaviy tog‘-chang‘i kompleksi, tog‘-dor yo‘li, 8 ta sihatgohdan iborat “rekreatsion zona” barpo etiladi. Umuman, kichik biznes va xizmatlar sohasida “mahallabay” ishlash orqali viloyatda 100 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi”, dedi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid
10:54 / 18.12.2025
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi
13:55 / 11.12.2025
Jizzaxda bedarak yo‘qolgan IIB xodimi Bo‘stonliqdan topildi. U firibgarlikda gumonlanmoqda
22:21 / 06.12.2025
Xitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda
14:14 / 02.12.2025