Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi
Toshkent shahriga dori-darmon mahsulotlarini olib ketayotgan Isuzu haydovchi uxlab qolishi oqibatida bir yo‘nalishda harakatlanayotgan Howo tirkamasiga borib urilgan. YTHda og‘ir tan jarohati olgan Isuzu haydovchisi voqea joyida vafot etgan.
Foto: Kun.uz manbasi
Jizzax viloyatida inson o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, YTH 17 dekabr kuni soat 3:20 larda Sharof Rashidov tumani Sayxan mahallasi hududida, “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Samarqanddan Toshkent shahriga dori-darmon mahsulotlarini olib ketayotgan Isuzu bir yo‘nalishda harakatlanib borayotgan Howo yuk mashinasi tirkamasiga borib urilgan. Bunga Isuzu haydovchisi boshqaruv paytida uxlab qolgani sabab bo‘lgan.
YTH oqibatida Isuzu haydovchisi, 1996 yilda tug‘ilgan Sh.M. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Avvalroq “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan qismida Lacetti yo‘lni kesib o‘tayotgan Isuzu yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
14:00 / 15.12.2025
Samarqand darvoza-Qoratosh chorrahasida Lacetti piyodani urib yubordi
19:44 / 13.12.2025
Yangiyo‘lda yuk mashinasi avtobus bilan to‘qnashdi
13:55 / 11.12.2025
Jizzaxda bedarak yo‘qolgan IIB xodimi Bo‘stonliqdan topildi. U firibgarlikda gumonlanmoqda
13:01 / 11.12.2025