O‘zbekiston | 09:00 / 01.10.2021
38855
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

International Digital University tomonidan 2021-2022 o‘quv yili uchun 100 tagacha talabaga grantlar ajratiladi

Xalqaro Raqamli Universitet talabalarida ikkita yo‘l bor, yo million dollarlik startapga asos soladilar, yoki o‘qishni bitirib Britaniya diplomi bilan dunyo IT kompaniyalarida yuqori haq to‘lanadigan ishlarga joylashadilar. Siz qaysi birini tanlagan bo‘lar edingiz?

Muvaffaqiyatli bo‘laman desangiz universitet va bo‘lajak kasbni tanlashda, ko‘nglingizga yaqin va siz uchun qiziqarli bo‘lgan sohalarni tanlashingiz lozim. Hozirgi tez o‘zgaruvchan dunyoda mutaxassis sifatida sizga talab katta bo‘lishi uchun zamon bilan hamnafas yurishingiz kerak. Bu borada bugungi kunda qadr-qimmati eng katta kasblardan biri – axborot bilan ishlaydigan IT mutaxassisliklaridir.

International Digital University'da siz nafaqat zamonaviy kasblarni egallashingiz, balki yangi mahorat qirralaringizni ochishingiz, qiyinchiliklardan qo‘rqmaslik va maqsadlarga albatta erishishni o‘rganishingiz mumkin. Universitet o‘z talabalariga 600.000 AQSh dollar miqdoridagi fonddan, o‘qish uchun grant yutib olish va 1.000.000 AQSh dollarilik jamg‘arma mablag‘lari hisobidan o‘z startaplarini moliyalashtirish imkoniyatini taqdim etadi. Bu yoshlarga qudratli biznesni yo‘lga qo‘yish, ijodiy fikrlash va o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish imkonini beradi.

IDU qanday yo‘nalishlarni taklif qiladi:

1) Sun’iy intellekt va robototexnika;

2) Data Science;

3) O‘yinlarni ishlab chiqish;

4) Kiberxavfsizlik.

Birinchi kursdan so‘ng, IDU'ning eng yaxshi talabalari o‘qish va ishni birga olib borishlari mumkin, universitetdagi o‘qishni tamomlagandan so‘ng esa Yevropa, Amerika va Yaponiyada ishlash takliflariga ega bo‘lishlari mumkin. O‘zbekistonda birinchi marta universitetda o‘qish narxi o‘qishning birinchi yilidanoq to‘liq qoplanish imkoniyati mavjud.

Muhim tomoni shundaki, o‘qish narxi – kirish imtihonlari natijalariga bog‘liq. Qabul qilinish uchun matematika va ingliz tili (IELTS) testidan o‘tishingiz kerak. Umumiy 500 nafar talaba o‘qishga qabul qilinib, ulardan 100 nafarigacha grant asosida o‘qish va 200 nafarigacha foizsiz kredit olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, IDU, kirish imtihonlarida yetarli ball to‘play olmagan talabalar uchun maxsus Intensive qo‘shimcha o‘qitish tizimini joriy etmoqda.

IDU o‘qituvchilari zerikarli ma’ruzalar o‘tish o‘rniga tajriba darslari orqali talabalarda amaliy ko‘nikmalarni orttirishga intiladi. Shunday qilib, talabalarni qiziqarli va ma’lumotlarga boy darslar, yetakchi IT-mutaxassislarining mahorat saboqlari, shuningdek, chet ellik o‘qituvchilarning masofaviy o‘qitish formatidagi mashg‘ulotlari kutib qoladi.

O‘quv mashg‘ulotlari Buyuk Britaniya standartlari asosida qiziqarli o‘tadi, bundan tashqari, talabalar turli rivojlanish kurslari va bo‘limlarda ham ishtirok etishlari mumkin. O‘qishni tugatgandan so‘ng, bitiruvchilar dunyoning yetakchi mamlakatlarida amal qiladigan Britaniya diplomiga ega bo‘lishadi.

IDU Toshkentda joylashgan bo‘lib, Namangan shahrida ham o‘z filialini ochishi ko‘zda tutilgan.

Batafsil ma’lumotlarni quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib bilib olishingiz mumkin: +99871 205 50 80

Sayt: www.idu.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid