IDU Özbekistondagi barça xalqaro universitet talabalariga «IT Practicum» dasturida iştirok etişni taklif qiladi. Dastur bitiruvçilari 9 oylik öqişdan söng eng kamida $500 oylik maoş tölaydigan iş bilan ta’minlanadilar.

Ba’zida universitetga endigina kirgan talaba tanlangan yönaliş, butun hayotini bağişlaşni istagan yönaliş emasligini tuşunadi. Yaxşi hamki, bugungi zamonaviy dunyoda mutlaqo yangi bilim va könikmalarga ega böliş uçun köplab imkoniyatlar mavjud.

International Digital University – bu IT sohasida xalqaro ta’lim olişingiz, öz salohiyatingizni yuzaga çiqarişingiz va zamon bilan hamnafas faoliyat yuritişingiz mumkin bölgan zamonaviy maydon hisoblanadi. Öqişni tamomlagandan söng talabalar Britaniya diplomiga ega bölibgina qolmay, ta’lim jarayonida işlaşlari ham mumkin böladi.

Foto: International Digital University

Agar siz hozirda Özbekistonda joylaşgan boşqa xalqaro universitetlarda öqib turgan bölsangiz va IELTS darajangiz 7 ball va undan yuqori bölsa IDU siz uçun ajoyib yeçimni taklif qiladi. Ya’ni, hozirgi öqişingizdan uzilmagan holda, IT-yönalişlari böyiça IDU'ning maxsus kurslarini yakunlab mahalliy va xalqaro kompaniyalarda $500 va undan yuqori maoş asosida iş takliflarini qölga kiritişingiz mumkin. Endi siz stipendiyani kutişingizning hojati yöq, hozir ma’suliyatni öz zimmangizga oliş va IDU taqdim etgan «IT Practicum»dan olgan ilğor IT bilimlaringiz asosida daromad topişingizning ayni vaqti.

Uşbu taklifning öziga xosligi şundaki, agar 9 oylik öqişdan söng sizga 500$ va undan ortiq maoşli işlar taklif qilinmasa, IDU öqiş tölovi sizga 100% qaytarilişini kafolatlaydi. Şu qatorda, uşbu dastur böyiça örinlar soni çeklangan bölib, 50 nafardan köp bölmagan tinglovçilarni jalb qiliş rejalaştirilgan.

Qabul paytida talabalar IELTS sertifikatini taqdim etişlari, şuningdek, matematikadan imtihon topşirişlari talab etiladi. Qabul jarayoni dekabr oyida yakunlanadi, şu sababli şoşiling.

Foto: International Digital University

International Digital University'da siz IT-sohasida talabgor bölgan yönalişlarni özlaştirişingiz mumkin:

  • Sun’iy intellekt va robototexnika;
  • Ma’lumotlar tahlili;