Endi grantlar ajratadigan, işga joylaşişga yordam beradigan, dunyoning eng rivojlangan davlatlari tan oluvçi diplom beradigan va ingliz tilida ta’lim beradigan universitetda tahsil oliş mumkin.
Ota-onalar va abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarini tanlaşda sifatli ta’limga e’tibor qaratadilar, çunki bu bitiruvçilarga tezroq işga joylaşiş va muvaffaqiyatli karera qurişga yordam beradi. Ammo barça oliy ta’lim muassasalari ham bunday işonçni oqlay olmaydi. Universitetni tanlaşda dasturlarining aktualligini, grantlar va stipendiyalar mavjudligini hamda bitiruvçilarning mehnat bozorida talabga ega bölişini hisobga oliş juda muhim. International Digital University (IDU) ana şunday muhim mezonlarga javob beradigan öquv muassasasi hisoblanadi.
Öquv dasturlarining dolzarbligi
IT-texnologiyalar tez sur’atlarda rivojlanayotgan bir paytda OTMlar bu özgarişlarga moslaşişlari talab etiladi. Biroq talabalar eskirgan ta’lim dasturlaridan norozi bölişlari xam köp kuzatiladi. Yetarliça moslaşuvçan bölmagan ta’lim tizimi talabalarning qiziqişini yöqotib, ularni kam tarqalgan dasturlaş tillarini örganişga majbur qiladi. Natijada, bitiruvçilar bozorda talab yuqori bölgan zamonaviy bilimlarga ega böla olmasliklari mumkin.
International Digital University öquv dasturi Britaniya standartlariga asoslangan. 2024 yilda IDU Wolverhampton Universiteti (Buyuk Britaniya) bilan hamkorlik töğrisida kelişuv imzoladi.

Ta’lim tölovidagi yordam
IT-diplom — talabgir kasb va munosib mehnat haqi kalitidir. Lekin, köpinça bu sohada ta’lim oliş katta xarajatlarni talab qiladi. Köp oilalar uçun obröli OTMda kontrakt tölovi jiddiy moliyaviy yuk bölib, bu iqtidorli, lekin kamroq moliyaviy imkoniyatlarga ega talabalarning ta’lim olişini çeklaydi.
Biroq hatto kontrakt summasi katta körinsa-da, universitetning özidan qöllab-quvvatlaş dasturlarini – stipendiyalar, grantlar, moslaşuvçan tölov şartlarini körib çiqsa arziydi.

Xorijda e’tirof etilgan Britaniya diplomi
IT-kasblarning afzalligi kuçli mutaxassislar oldida oçiluvçi katta imkoniyatlarda aks etadi. Rekruterlar (iş beruvçilar) universitetni tamomlagan IT mutaxassislarni ham masofadan, ham xorijiy ofislarda işlaş uçun da’vogar sifatida körib çiqadilar. Bundan taşqari iş beruvçilar boşqa davlatga köçib ötişda, vizalarni rasmiylaştirişda, mehnat faoliyatiga ruxsat olişda yordam beradi. Bitiruvçilarda Buyuk Britaniya, AQŞ, Yevropa, Yaponiyada işlaş imkoniyatlari oçiladi – qiziqarli vazifalarni hal qiliş, karera quriş va bu sohada e’tirofga erişiş şular sirasidan.










