O‘zbekiston | 17:09 / 02.02.2018
7503
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zstandart» sifatsiz mahsulotlar haqida OAV orqali xabar beradi

Foto: O‘zstandart

Savdo-sanoat palatasida (SSP) Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida sotilayotgan mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish va Sifatsiz mahsulotlar to‘g‘risida yagona axborot ma'lumotlar bazasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasining muhokamasi o‘tkazilmoqda, deb xabar tarqatdi Norma.uz.
 
Eslatib o‘tamiz, hujjat QHTBT portalida  2017 yilning mart oyidayoq muhokama qilingan edi. 
 
Ta'kidlanishicha, Nizom keyinchalik laboratoriya tadqiqotlarini o‘tkazish uchun «O‘zstandart» agentligi tomonidan bozorlar, savdo tarmoqlari va do‘konlarda nazorat xaridi amalga oshirilishini nazarda tutadi.
 
Bunda jarayonni va mahsulotning laboratoriya tadqiqotlari natijalarini keyinchalik OAVda e'lon qilish uchun mahsulotlarni xarid qilish jarayoni teleradiouzatish kanallari vakillari ishtirokida amalga oshiriladi. Tadqiqotlar natijasi salbiy bo‘lgan taqdirda sifatsiz mahsulotlar to‘g‘risidagi axborot OAVda yoritish uchun Sifatsiz mahsulotlar yagona axborot ma'lumotlar bazasiga kiritiladi.

Mavzuga oid