Özbekiston delegatsiyasi a’zolarining Irkutsk viloyati gubernatori birinçi örinbosari Roman Kolesov bilan uçraşuvida Andijon va Irkutsk viloyatlari örtasidagi barça sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning keng kölamli masalalari muhokama qilindi.

Roman Kolesov Özbekiston bilan Rossiya örtasidagi munosabatlar muvaffaqiyatli rivojlanib borayotganini, bunda hududlararo şeriklik natijalari muhim ekanini ta’kidladi.

"Irkutsk viloyati uçun Özbekiston bilan hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Özbekiston MDH davlatlari orasida hududimizning asosiy taşqi savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi. 2024 yilda hamkorlikda amalga oşirilgan tadbirlar natijasida quriliş materiallari yetkazib beriş, turizm xizmatlari körsatiş va kompyuter dasturlarini işlab çiqiş böyiça xizmatlar körsatiş böyiça beşta eksport şartnomasi tuzildi", dedi u.

Muzokaralar çoğida tomonlar 2024 yilda amalga oşirilgan bir neça özaro taşriflar çoğida dastlabki kelişuvlarga erişilgan qöşma loyihalarni işlab çiqişga alohida e’tibor qaratdilar. Xususan, Irkutsk viloyatida Özbekiston mahsulotlarini tarqatiş majmuasini quriş loyihasini amalga oşiriş imkoniyati masalasi körib çiqilmoqda.

Irkutskdagi glyukometrlar uçun test-çizmalari işlab çiqaruvçi "Medtexservis" kompaniyasi işlab çiqarişini Özbekiston hududida mahalliylaştiriş imkoniyatlari xususida fikr almaşildi.

Şuningdek, uçraşuv davomida aprel oyida Toşkent şahrida bölib ötadigan "Innoprom" xalqaro sanoat körgazmasi doirasida imzolanişi rejalaştirilgan Irkutsk viloyati hukumati va Andijon viloyati hokimligi örtasidagi kelişuv tafsilotlari va uni amalga oşiriş rejasi muhokama qilindi. Ta’lim, madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorlikni jadallaştiriş muhimligi qayd etildi.

Özbekiston vakillari safar davomida qandli diabetga qarşi test-çizmalarini işlab çiqariş böyiça Rossiyadagi birinçi töliq siklli korxona hisoblangan "Medtexservis" MÇJ faoliyati bilan tanişdi.