Bugun Özbekiston yöllarida 40 tonnadan 120 tonnagaça yuk kötaradigan 40 mingga yaqin yuk maşinasi yuribdi. Ularning aksariyati respublikaga 2018 yildan keyin olib kirilgan. Vaholanki, tegişli normativlarga köra, bunday transportlarning kirib kelişi mumkin bölmagan. Transport vaziri va Avtoyölqöm raisining bu xatoni tuzatişga urinişi tadbirkorlarga juda qimmatga tuşmoqda.

Avtomagistrallarda toş, şağal, sement yoki şu turdagi quriliş materiali taşib ketayotgan Shacman, Howo kabi katta yuk avtomobillariga köp bora közimiz tuşgan. Ayniqsa, keyingi yillarda yöllarda 80-90 tonna yuk kötara oladigan bu turdagi maşinalar soni karrasiga oşdi. Yuk taşiş faoliyati bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik sub’yektlari ham keskin köpaydi. Lekin bu tadbirkorlar bugungi kunga kelib juda katta yöqotişlar oldida turişganini, faoliyatlari “tört tomondan qisib qöyilgani”ni aytmoqda.

14 yil oldingi taqiq

“Gruzovik”çilarning muammosi yöllarda qança oğirlikdagi yuk ortib yuriş mumkinligi va köçma tarozilar bilan boğliq.

Aslida bu masala Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 dekabrdagi 342-son qarori bilan tasdiqlangan “Katta hajmli va oğir vaznli yuklarni avtomobil transportida taşişda harakat xavfsizligini ta’minlaş qoidalari” asosida tartibga solingan.

Bu qoidalarning 2-ilovasida avtotransport vositalarining ruxsat etilgan massasi keltirilgan. Unga köra, avtotransport vositalarining har bir öqiga tuşuvçi ruxsat etilgan oğirligi avtotransport vositalarining umumiy ruxsat etilgan massasiga rioya qilinganda 10 tonnadan ortiq bölmasligi kerak. Ya’ni transport vositasi va undagi yukning umumiy oğirligi 44 tonnagaça qilib belgilangan.

Tadbirkorlar zarar, Xitoy esa foyda kördi

Amaldagi tartibga köra, import qilinadigan yuk avtomobillari va yarim tirkamalariga Texnik jihatdan tartibga soliş agentligi tasarrufidagi taşkilotlar tomonidan sertifikat beriladi va bojxona organlari tomonidan rasmiylaştiriladi.

Ammo negadir ruxsat berilgan umumiy oğirlik 44 tonnagaça