Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston shaharlari yangi avtobus qatnovlari bilan bog‘lanadi
Illyustrativ foto
Joriy yilda O‘zbekistonda yirik shaharlar o‘rtasida yangi muntazam shaharlararo avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda 2019-2025 yillarda turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasida aytilgan.
Yangi muntazam yo‘nalishlar uchta katta yo‘nalishda paydo bo‘ladi: «Toshkent - Samarqand - Buxoro - Xiva - Nukus», «Toshkent - Guliston - Jizzax - Samarqand - Qarshi - Termiz», «Qo‘qon - Farg‘ona - Andijon - Namangan».
Bundan tashqari, konsepsiya respublika mintaqalari o‘rtasida aviaqatnovlarni rivojlantirish, mavjud temir yo‘llarni takomillashtirish va yangilarini qurish, shuningdek, tezyurar elektropoyezdlardan foydalanishni kengaytirishni nazarda tutadi.
Barcha chora-tadbirlar natijasida mintaqalar o‘rtasida ichki sayyohlar oqimi yiliga 14 million kishidan 25 million kishigacha oshishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
22:38 / 23.05.2026
Toshkentdan voha viloyatlariga qo‘shimcha avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
21:35 / 21.05.2026
“Ikkita mehmonxona qurilishini bilaman” - Turizm qo‘mitasi raisi Buxoro turizm markazi haqida
17:49 / 19.05.2026