Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazir: 086 ma'lumotnomasini faqatgina o‘qishga kirganlardan olish yengillik yaratadi, lekin bitta muammo bor...
Kun.uz tahririyati O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi tasdiqlangan nizom bo‘yicha hujjat topshirilayotgan vaqtda 086 tibbiy ma'lumotnomasi beriladi. Bunga sabab – ba'zi tibbiy ko‘rsatmalar ta'lim muassasasidagi faoliyatga to‘g‘ri kelmasligi ekan. Bundan tashqari, ba'zi yo‘nalishlarda ma'lum bir tibbiy talablar bor.
“Faqatgina o‘qishga kirganlardan 086 tibbiy ma'lumotnomasini olishimiz ham mumkin. Bu ancha yengillikni yaratadi. Lekin bitta muammosi bor: kirgandan keyin buni huquqiy jihatdan juda ham mustahkamlab qo‘yilmasa, bahs qilish juda qiyin bo‘ladi”, - deydi vazir.
Ma'lumot uchun, Inomjon Majidov bilan intervyuning to‘liq shakli birozdan so‘ng taqdim etiladi.
Mavzuga oid
20:59 / 22.08.2025
Oliygoh va litseylarda darslar qachon boshlanishi ma’lum qilindi
18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?
19:00 / 26.12.2021
Kitoblar qayerda? O‘zMUda yo‘qolgani aytilayotgan qadimiy qo‘lyozmalar bilan bog‘liq vaziyat chigallashmoqda
19:43 / 19.01.2021