Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda bayram nafasi: qadimiy shahar ko‘chalari gullarga burkanmoqda (foto)
Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahri O‘zbekiston mustaqilligining 26 yillik bayrami va «Sharq taronalari» XI xalqaro musiqa festivali o‘tkazilishi asnosida tobora chiroy ochib, o‘zgacha go‘zallik va tarovat kasb etmoqda.
Bugun shaharni kezgan kishi bu qadimiy kentda katta to‘yga qizg‘in hozirlik ko‘rilayotganini darrov ilg‘aydi. Ayniqsa, Ibn Sino, Bo‘stonsaroy, Registon, Mirzo Ulug‘bek, Beruniy ko‘chalari, Universitet xiyoboni, Amir Temur maydoni, Shoirlar bog‘i, Registon maydoni va uning atrofida olib borilgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari tufayli yaratilgan ko‘rkam manzara kishi bahri dilini ochadi, deb yozadi O‘zA.

Yo‘l bo‘ylaridagi bir-biridan chiroyli va o‘ziga xos dizayn bilan yaratilgan gulxonalar, turli konstruksiyalarga o‘rnatilgan gullar, bayram ruhini beruvchi ko‘rgazmali vositalar tungi chiroq va illyuminatsiyalar yog‘dusida yanada maftunkor joziba kasb etadi. Turfa rang chiroqlar bilan bezatilgan favvoralar musiqa ohangiga monand ko‘kka otilib, kishiga bir olam zavq bag‘ishlaydi.
— Shahar ko‘chalariga xorijdan keltirilgan 1,5 ming tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi, — deydi shaharni bezatish guruhi a'zosi Sh.Yo‘ldoshev. — Ikki million tup gul ko‘chati o‘tqazish ishlari boshlab yuborilgan. Anjuman boshlangunga qadar shaharning yirik chorrahalarida kompozitsiyali gulzorlar barpo qilindi. Bundan tashqari, turli ko‘rinishdagi konstruksiyalar tayyorlanib, gullar o‘rnatildi. «Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi tomonidan Samarqand shahri ko‘chalari festival ruhiga mos shiorlar, ko‘rgazmali vositalar bilan bezatildi.


















Fotosuratlar o‘z muxbirimizniki
Mavzuga oid
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:01 / 07.01.2026
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi
11:10 / 30.12.2025