Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda qovun daraxti yetishtirilmoqda
Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanining Mirmiron mahallasida yashovchi nafaqaxo‘r Ulug‘bek Qarshiyev o‘z issiqxonasida papayya yetishtirdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuoti xizmati xabar bergan.
Ulug‘bek Qarshiyevning hovlisida jami 13 sotix maydonni egallagan uchta issiqxona mavjud bo‘lib, issiqxonada tropik papayya daraxti o‘stirilmoqda. Uning qayd etishicha, ko‘chat 3-4 yil avval ekilgandi.
Issiqxonada shuningdek, palma daraxti, 200 tup limon, mandarin va apelsin daraxtlari, fikus, fikus gitara va aleandra gullari, bir necha tup banan daraxti ham o‘smoqda.
Ma'lumot uchun, papayya tropik o‘lkalarda o‘sadi. Mevasining ta'mi va hidi yangi uzilgan qovunni eslatishi tufayli "qovun daraxti" deb ham ataladi.
Papayya mevasining og‘irligi 6-7 kilogrammgacha yetadi. Bir tup papayyadan 50-60 donagacha meva olish mumkin. Tarkibida glyukoza, fruktoza, organik kislotalar, oqsil va turli vitaminlar mavjud bo‘lgan papayya mevasi to‘yimli va salomatlik uchun foydali hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:14 / 28.12.2025
Qashqadaryodagi dahshatli avtobus halokati, 26 qurbon va 2 ming so‘m “pora” – sudlangan IIB xodimi 16 yildan so‘ng oqlandi
11:00 / 11.12.2025
Inson organlari savdosi bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruhga hukm o‘qildi
15:31 / 29.11.2025
Qashqadaryo vohasida 2300 yillik qal’a-shahar qoldiqlari topildi
08:10 / 17.11.2025